So’nggi yangiliklar

00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   3 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  7 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  6 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  7 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  1 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  2 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  3 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 20:12"Шармандалик, бу шармандалик!"  52 20:10Нурбек Сарсенбаев: "Италия қарши ҳужумда Хорватиядан кўра анча хавфли"  2 19:51Муҳаммадали Мусахонов: "Италия билан учрашувда бор кучимиз билан ҳаракат қилиб, давлатимиз байроғини юқорига кўтарамиз"  0 19:28Ислом Исмоилов: "Италия — нафақат Европа, балки мундиалнинг энг кучли жамоаларидан бири"  7 19:10Ўзбекистоннинг италиялик таҳлилчиси Каннавародан таклиф, "Squadra Azzurra"нинг муваффақиятсизлиги ҳамда U-17 жаҳон чемпионати нимчорак финали ҳақида гапирди  0 18:48AS: Зидан ёзда Франция терма жамоасини бошқаради   2

To'rt nafar hakam diskvalifikaciya qilinib, jarimaga tortildi Yangiliklar

To'rt nafar hakam diskvalifikaciya qilinib, jarimaga tortildi

O'zbekiston kubogi 1-turi yakunlariga ko'ra, yuzaga kelgan 5 ta bahsli vaziyatlar yuzasidan O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar qo'mitasi qarori elon qilindi.

Unga ko'ra:

1. Joriy yilning 13-aprel kuni O'zbekiston kubogi H guruhi doirasida bo'lib o'tgan “Andijon” – “Dinamo” bahsi birinchi yordamchi hakami Ruslan Serazitdinov o'yinda yo'l qo'ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko'rildi. Unga ko'ra, O'FA Hakamlar qo'mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo'ygan bahosi inobatga olingan holda Ruslan Serazitdinovga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.3-bandiga muvofiq, barcha musobaqalardan 2024-yil 3-iyunga qadar, yani Superliga bahslaridan 5 ta tur hamda O'zbekiston kubogi bahslaridan 2 ta tur uchrashuvlariga chetlatish, o'yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo'llanildi;

2. O'zbekiston kubogi H guruhi 1-turidan o'rin olgan “Nasaf” – “Navbahor” bahsi bosh hakami Temur To'xtasinov o'yinda yo'l qo'ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko'rildi. Unga ko'ra, O'FA Hakamlar qo'mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo'ygan bahosi inobatga olingan holda bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.3-bandiga muvofiq, barcha musobaqalardan 2024-yil 3 iyunga qadar, yani Superliga bahslaridan 5 ta tur hamda O'zbekiston kubogidan 2 ta tur uchrashuvlariga chetlatish, o'yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo'llanildi;

3. O'zbekiston kubogi D guruhi 1-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Zomin” bahsi bosh hakami Ibrohim Ismoilov o'yinda yo'l qo'ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,9 (qoniqarli) bahosiga loyiq ko'rildi. O'FA Hakamlar qo'mitasi tomonidan bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.1-bandiga muvofiq, barcha musobaqalarning 1 ta tur bahslaridan chetlatish, o'yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 25% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo'llanildi;

4. O'zbekiston kubogi E guruhi 1-turidan o'rin olgan “Lokomotiv-BFK” – “CHig'atoy” bahsi bosh hakami Akmal Rahimov o'yinda yo'l qo'ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,9 (qoniqarli) bahosiga loyiq ko'rildi. O'FA Hakamlar qo'mitasi tomonidan bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.1-bandiga muvofiq, barcha musobaqalarning 1 ta tur bahslaridan chetlatish, o'yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 25% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика