"Toronto" Bernardeski bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi
15 iyu 2022 11:24
Yangiliklar
"Toronto" Bernardeski bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi
"Toronto" yarim himoyachi Federiko Bernardeski bilan shartnoma imzolash bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi.
Kanada klubi yaqin kunlarda 28 yoshli erkin agent maqomidagi italiyalikning o'tishini elon qiladi.
Bernardeski 2017 yilning iyulidan beri "Yuventus"da o'ynayotgandi. O'yinchi Turin klubini 30 iyunda erkin agent maqomida tark etdi.
Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, "Toronto" oldinroq ikki italiyalik bilan shartnoma imzolagan edi: himoyachi Domeniko Krishito va hujumchi Lorenco Insine.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar