So’nggi yangiliklar

11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  0 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  34

"To'qnashuv": Engilmas Beg'amovning raqiblari soni ortdi Yangiliklar

"To'qnashuv": Engilmas Beg'amovning raqiblari soni ortdi

Xabaringiz bor, saytimizda yangi "To'qnashuv" nomli rukn boshlagan.

Mazkur rukn orqali muxlislar "Dizayn"ning dekabr oyida qo'yadigan koncertiga chipta yutib olishlari mumkin. Viktorina sharti haqida sal pastroqda tanishasiz.

Eslatib o'tamiz, "To'qnashuv"ning dastlabki sonida muxlislar uchun berilgan viktorina savoliga to'g'ri javobni bo'lmagandi. Ikkinchi "To'qnashuv"da esa "Azizbek" nikli muxlis berilgan savolga to'g'ri javob topib, "Dizayn" koncertiga chipta yutib oldilar. Tez orada biz ushbu g'olib yuzer bilan bog'lanib, yutuqni egasiga topshiramiz.

"To'qnashuv"da futbolchi, murabbiy yoki jurnalistlar o'zaro virtual bahs boylashadi. Yutqazgan taraf, yutgan tomonning bir iltimosi va viktorinada g'olib chiqadigan muxlis uchun chipta taqdim etadi.

Bu galgi ruknning mavzusi - Evropa CHempionlar Ligasi.

Qoidaga ko'ra, ikki ishtirokchi ECHLda o'ynayotgan istalgan ligani tanlaydi. Birinchi ishtirokchi tanlagan liga va ikkinchi taraf olgan liga jamoalarining ushbu turda jamlagan ochkolari hisoblanadi. Qaysi taraf, yani liga jamoalari ko'proq ochko jamg'arsa, o'sha tomon g'olib bo'ladi.

"To'qnashuv" ruknining bu galgi qarama-qarshiligida ikki safardan buyon engilmas bo'lib kelayotgan SHahboz Beg'amovga saytimizning ikki nafar xodimlari Jasur Aslanov va Xayrulla Xoliqov raqiblik qilishadi.

O'tgan galgi, yani birinchi "To'qnashuv"da SHahboz Beg'amov Tolibjon Qosimovdan ustun kelgandi. SHahboz Beg'amov tanlagan Bundesliga jamoalari APL klublaridan ko'proq ochko yig'ishgandi. Keyinchalik esa yana Beg'amov tanlagan Bundesliga jamoalari Xoliqovning La Liga jamoalaridan kuchliroq chiqdi.

Bu gal ham Beg'amov yana o'zi ko'proq biladigan va ishonadigan Bundesligani tanladi. Xayrulla Xoliqov va Jasurbek Aslanov esa La Liga jamoalariga qayta ishonch bildirishdi.


"To'qnashuv" #3


ECHL, 4-tur

SHahboz Beg'amov (Bundesliga) - Xayrulla Xoliqov va Jasur Aslanov (La Liga)

O'yinlar jadvali:

6 noyabr
"Inter" - "Barselona" (01:00)
"SHalke" - "Galatasaroy" (01:00)
"Atletiko" - "Borussiya" (01:00)

7 noyabr
"Bavariya" - AEK (01:00)
"Valensiya" - "Yang Boyz" (22:55)
"Viktoriya Plzen" - "Real" (01:00)
"Lion" - "Xoffenxaym" (01:00)


Bu galgi viktorina shartiga ko'ra, muxlislar bugungi kun Evropa chempionlar ligasi doirasidagi kunning eng oxirgi goli muallifini topgan DASTLABKI muxlisga (yuzer) "Dizayn" koncertiga chipta taqdim etiladi. CHiptani yutqazgan ishtirokchi muxlislarga xarid qilib beradi.

Bir yuzer faqatgina bir marotaba izoh qoldirishi mumkin. Uning qayta yozgan yoki boshqacha variantda yozgan javoblari hisoblanmaydi!


ECHL, 4-tur. Bugungi o'yinlar jadvali

"Monako" - "Bryugge"
"Crvena Zvezda" - "Liverpul"
"SHalke" - "Galatasaroy"
"Atletiko" - "Borussiya"
"Tottenxem" - PSV
"Portu" - "Lokomotiv"
"Napoli" - PSJ
"Inter" - "Barselona"

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика