So’nggi yangiliklar

14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  0 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   14 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  19 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  10 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  7 12:09БАА бош мураббийи Паулу Бенту: "Ўзбекистон терма жамоаси мундиалга тўғридан-тўғри чиқишга даъвогар"  15 11:52БАА терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келди? Рўйхатда Англияда ўйнайдиган икки футболчи бор  18 11:33Корея Республикаси - Ироқ учрашувида 6 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  6 11:25Месси билан ҳазиллашган Ўринбоев  6 11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  13 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  3 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  7

"To'plar otish boshlandi": "Arsenal"ning muvaffaqiyatli starti sabablari Yangiliklar

"To'plar otish boshlandi": "Arsenal"ning muvaffaqiyatli starti sabablari

London klubidagi ijobiy o'zgarishlar haqida.

"Arsenal" Angliya Premer-ligasining joriy mavsumini ajoyib tarzda boshladi. "Kanonirlar" APLdagi 10 turdan so'ng "Manchester Siti"dan 1 ochko oldinlagan holda, birinchi o'rinda borishmoqda. "Kanonirlar" hozircha bir marta mag'lub bo'lishdi – "Manchester Yunayted" (1:3)ga qarshi o'yinda. SHu bilan birga, "to'pchilar" derbida "Tottenxem" (3:1) va "Liverpul" (3:2)dan ustun keldi.


Mikel Arteta jamoasining Evropa Ligasidagi ishlari ham yaxshi. London klubi hozirdanoq guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega. "Arsenal" Premer-liganing g'alabalar soni bo'yicha eng yaxshi jamoasi bo'lib turibdi (8ta). "Qizillar" hozirda juda yaxshi ko'rinishmoqda. Jamoaning CHempionlar Ligasiga qaytish ehtimoli ham yaxshi ko'rinmoqda. Endi "Arsenal"ning asosiy muvaffaqiyat faktorlari haqida gaplashamiz.


Mudofaada bir-birini tushunish


"Kanonirlar"da o'tgan mavsum markaziy himoyada Gabriel va Ben Uayt juftligi o'ynagandi. Joriy mavsum braziliyalikning yonida Vilyam Saliba o'ynamoqda va ular bir-birlarini juda yaxshi tushunishmoqda.


Francuz London klubiga 2019 yilning iyulida "Sent-Eten"dan 30 mln evro evaziga o'tdi, ammo Arteta qo'l ostida o'ynashni endi boshladi.


Saliba "to'pchilar" o'yinchisi sifatida "Sent-Eten", "Nicca" va "Marsel" jamoalarida ijarada o'ynadi. Ayniqsa, Provansda o'tgan bir yil futbolchi uchun juda ham foydali bo'ldi. Saliba "Marsel" tarkibidagi ishtiroki orqali Arteta jamoasining muhim o'yinchisiga aylanishga tayyorligiga ishontirdi.



Yakun – himoyachi APLning 8 o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Saliba va Gabriel bir-birini yaxshi to'ldirmoqda. Braziliyalik baquvvatroq va bosh bilan yaxshi o'ynaydi, francuz to'p bilan yaxshiroq muomala qiladi va zarbalarni to'sish uchun yaxshiroq poziciya tanlay oladi.


Uayt o'ng qanot fulbek poziciyasiga ko'chdi, chapda esa Kiran Tirnini asosiy tarkibda chiqarib yuborgan Aleksandr Zinchenko o'ynaydi. Barchasi o'z joyida – mudofaa tartibli. "Arsenal"da to'plar nisbati +13. Top-klublardan faqatgina "Manchester Siti"dan ko'proq (+24).


O'zgargan Jaka


Granit Jakaning so'nggi bir necha mavsumdagi ishlari muvaffaqiyatli chiqmayotgandi. SHveycar muxlislar bilan urushdi, sardorlik bog'ichidan ayrildi va London klubidan ketishga yaqin edi. Xavbek maydonda tez-tez xato qildi va ko'p marta qoidalar buzardi, shu sabab muntazam ravishda kartochkalar olardi.


Jakada hech qachon o'yin amaliyoti bilan muammolar bo'lmagan, ammo o'yinning o'zi bilan bo'lgan. Ammo, joriy mavsum muxlislar shveycariyalikni yaxshilangan talqinda ko'rishmoqda. Futbolchi hozirdanoq gol+pas tizimida 5 ochko (2+3) ishladi, bu butun o'tgan mavsumdagidan ko'proq.



Jakaning qayta uyg'onishining asosiy sabablaridan biri – "Arsenal"ning yuqori pressingi. "Kanonirlar"da APLda "Manchester Siti"dan keyin eng yuqori mudofaa chizig'i bor. Xavbekka shunday o'yin tizimi ko'proq mos tushadi. Jaka oldinroq mudofaaga ko'proq etibor qaratadigan yarim himoyachi edi, ammo Arsen Venger ham uning hujumga ko'proq moyilligini sezgandi.


"To'pchilar" hozirda zichroq o'ynashmoqda va Martin Edegordan yordam olgan holda, hujumni rivojlantirishdan qo'rqmaydi. Xavbek Tomas Parti uning o'rnini egallashini bilib, mudofaadagi harakatlarga kamroq bog'lanib qoladigan bo'ldi. Arteta tizimi Jakaga harakatlanishga ko'proq erkinlik berdi. U yana "Arsenal"ning muhim o'yinchisiga aylandi. Bu unga va jamoasiga yordam.


Sifatli vingerlar


"Kanonirlar"ga gol urishga va o'yinlarni yutishga yordam berayotgan sifatli vingerlar bor. Gabriel Martinellining o'z vaqtida o'sishi ham "to'pchilar"ga juda yordam berdi. Bunga qadar uzoq vaqt davomida braziliyalikning "Arsenal"dagi ishlari yurishmagandi.



Unda past darajadagi samaradorlik va jiddiy jarohat sabab o'yin amaliyotida muammolar bo'lgandi. Ammo, futbolchi hozirda eng yaxshi mavsumlaridan birini o'tkazmoqda. U hozirda APLdagi 9ta o'yinda 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


Jezusning qayta tug'ilishi


Markaziy hujumchi – har qanday jamoaning hujumdagi cho'qqisi. Jezus va "Arsenal" bir-birini topdi. Futbolchi "Manchester Siti"da eng yaxshi damlarini o'tkazmadi. "SHaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'tgan mavsum uning qo'l ostida braziliyalik bo'lsa ham, unga markaziy hujumchi kerakligini aytdi. Yakunda, hujumchi London klubiga ketdi, u erda esa gollar va assistlar qayd etmoqda.


Jezus joriy mavsum 5ta gol ruishga erishdi va "kanonirlar"ning eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Umuman, "to'pchilar"ning hujumdagi barcha vakillari yaxshi ishlamoqda. "Arsenal" hozirda APLda 23ta gol urdi. Bu "Manchester Siti" (33)dan so'ng ligadagi ikkinchi eng yaxshi ko'rsatkich. London klubi o'yinchilari jami raqiblar darvozasi tomon 149ta zarba berishdi. Bu ham APLda "Manchester Siti" (161)dan keyingi ikkinchi ko'rsatkich.



"Arsenal"ning hozirgi vaziyati murabbiyda raqobatbardosh jamoa qurish uchun vaqt bo'lishi kerakligini ko'rsatmoqda. Artetada barchasi yaxshi boshlanmadi, ammo u rahbariyatdan qo'llab-quvvatlash (ham moliyaviy, ham manaviy) oldi, hozir esa ishonchga natijalar bilan minnatdorchilik bildirmoqda. Albatta, hali "kanonirlar"ni chempionlik uchun haqiqiy davogar deyishga erta, ammo ushbu jamoada katta natijalarga erishish uchun katta imkoniyat bor.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика