Tomas Myuller: "Biz juda ochmiz"
25 apr 2018 13:19
Yangiliklar
Tomas Myuller: "Biz juda ochmiz"
"Bavariya" forvardi Tomas Myuller ECHL yarim final birinchi uchrashuvi doirasida "Real"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
"Bunday jamoani mag'lub etish juda qiyin, ulardagi o'yinchilarning klassi juda yuqori. Albatta, har ikki jamoa bir-biriga katta hurmat bilan qaraydi.
Yarim finalda ikkita grand uchrashadi, bu esa har doim yuqori bosimni kafolatlaydi. Hammasini istalgan kichik detallar, istalgan xato hal qilishi mumkin. So'zsiz, biz final xushtagi chalinguncha kurashamiz. Lekin, huddi shu narsani raqibning istalgan o'yinchisi ham aytishi mumkin.
Agar biz yana bir bor Xaynkes bilan trebl qilsak, bu ajoyib bo'lardi. Bizda motivaciya cheksiz. Biz oxirgi 5 yilda CHempionlar ligasini yutmadik. SHu sabab, hozir juda ochmiz", - dedi Myuller.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar