Tomas Myuller "Bavariya"ni tark etishini elon qildi
05 apr 20:04
Yangiliklar
Tomas Myuller "Bavariya"ni tark etishini elon qildi
Tomas Myuller joriy mavsum yakunida "Bavariya"ni tark etishini elon qildi.
35 yoshli futbolchi bo'lajak klublar o'rtasidagi jahon chempionatida jamoa safida harakat qilishni rejalashtirmoqda.
Myuller o'z bayonotida jamoani tark etish qarori klubning u bilan shartnomani uzaytirmaslik qarori bilan bog'liqligini takidlagan.
"Klub men bilan kelasi mavsum uchun yangi shartnoma borasida kelishib olmaslikka qaror qildi. Klub o'z tamoyillariga amal qilishi muhim, garchi bu mening shaxsiy istaklarimga mos kelmasa ham. Klubning ular uchun oson bo'lmagan bu qaroriga hurmat bilan qarayman," - deb yozdi Myuller ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Myuller 2007 yilning 15 avgustida "Bavariya"ning asosiy tarkibida debyut qilgan. U 12 marta Germaniya chempioni bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar