So’nggi yangiliklar

17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК. Таркиблар маълум  0 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  2 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  11 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1

Tomac Duley: "Biz bu o'yinda autsaydermiz" Yangiliklar

Tomac Duley: "Biz bu o'yinda autsaydermiz"

Filippin – O'zbekiston uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi va uning ikkinchi qismida Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Duley va jamoa hujumchisi Fil Yangxazbend ishtirok etdi.

“O'yindan oldin kayfiyatimiz juda yaxshi. Bahrayn va Yamanga qarshi o'yinlardagi g'alabalardan keyin, ertangi o'yinni katta ishtiyoq bilan kutyapmiz. Navbatdagi o'yina deyarli to'rt hafta tayyorgarlik ko'rdik. Ayrim futbolchilarimiz jamoaga kechroq kelib qo'o'ilganiga qaramay tayyorgarlik jarayonini to'g'ri olib bordik deb o'ylayman. Ammo bu futbol va unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz ertaga juda tajribali va kuchli jamoalardan biriga qarshi maydonga tushamiz, ular bizdan FIFA reytingida 50 pog'ona yuqorida. Biz raqibni juda yaxshi o'rganib chiqdik. Biroq, tushunarliki, bu narsa hali g'alabani taminlamaydi. Ertaga g'olib bo'lish uchun bizga biroz omad, muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari ham kerak bo'ladi. Bizni qiziqarli o'yin kutyapti”, - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi Duley.

Fil Yangxazbend ham uchrashuv haqida to'xtalib, shunday dedi: “Murabbiy aytib o'tganidek o'yin oldidan jamoaning kayfiyati alo darajada. Biz o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqib futbolchilarini yaxshi o'rgandik. SHuningdek o'z imkoniyatlarimizni ham yaxshi bilamiz. Ko'rsatmalarni to'g'ri bajarsak va yaxshi o'yin ko'rsata olsak, maqsadimizga erishamiz deb ishonaman. Ha, O'zbekiston Osiyoning top jamoalaridan biri. Biroq biz Jahon chempionati yoki Osiyo Kubogi kabi musobaqalarda o'ynashni istasak bu kabi kuchli jamoalarni enga olishimiz kerak".

Tomas Duley juranlistlar savollariga javob berar ekan o'yinda Filippin autsayder ekani, O'zbekistonga qarshi o'yinda mag'lub bo'lish qo'rqinchli emasligi va bu narsa o'z jamoasiga qo'l kelishi mumkinligini takidladi.

“Fil albatta jamoamizdagi eng etakchi futbolchilardan biri. Albatta O'zbekiston terma jamoasi ham unga ko'zdan qochirmasilikka urinishlari aniq. Ularning tarkibida esa deyarli barcha futbolchi xavfli. Biz bu o'yinda autsaydermiz. Buni hech kim inkor qilayotgani yo'q. Ular g'alaba qozonishga majbur. Ular albatta oldinga tashlanishadi. Biz esa ularning ojiz nuqtalarini topishga va shundan foydalanishga harakat qilamiz. Bu normal holat. Bizning yo'qotadigan narsamiz yo'q. Ular reytingda 76-o'rinda. Bu ajoyib natija. Ularda Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreyada o'ynaydigan futbolchilar bor. O'zbekistonga yutqazish - ko'rqinchili emas. O'yinda favorit hisoblanib, yutqazib qo'ysang, ha, bu juda yomon. Ammo ertangi o'yinda yutqazish fojia emas. Bilasizmi, shuning o'zi ham bizga qo'l kelishi mumkin. Jamoa ortiqcha bosimsiz harakat qila oladi. Yagona maqsadimiz filippinliklarni xursand qilish va shunga intilamiz ham", - deydi Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика