So’nggi yangiliklar

23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  21 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  51 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  217 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  26 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

Tojo Minoru biz uchun qanchalik omadli hakam? Yangiliklar

Tojo Minoru biz uchun qanchalik omadli hakam?

8 oktyabr kungi Bahrayn va O'zbekiston o'rtasidagi o'yinni yaponiyalik Tojo Minoru boshchiligidagi hakamlar boshqarishadi.

Ushbu hakamning O'zbekiston terma jamoalari va klublari ishtirokidagi qaysi o'yinlarida ishlaganini yodingizga solamiz.

2008 yil Toshkentda o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tgandi. O'shanda Robert Gay boshchiligidagi o'smirlarimiz guruh bosqichida Eronga 1:2 hisobida yutqazib qo'yishgandi. O'sha musobaqada Eron chempion bo'lgandi, vakillarimiz esa chorak finalda to'xtashgandi.

2010 yil Guanchjouda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichida BAAga 0:3 hisobida yutqazgandi. CHorak finalda esa Janubiy Koreya 3:1 hisobida taslim qilingandi. Mana shu o'yinlarda Minoru boshchiligidagi hakamlar ishlashgan.

2012 yil Ahmadjon Musaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi BAAdagi Osiyo chempionatini Vetnamga qarshi o'yin bilan boshlagan. Yaponiyalik hakam boshqargan o'yinda vakillarimiz 4:0 hisobida zafar quchishgan. O'sha musobaqada O'zbekiston yarim finalga qadar etib borgandi.

Ushbu hakam ishlagan yana bir o'yin butun O'zbekiston uchun eng alamli o'yin sifatida tarixda qolgan. 2013 yilning 11 iyun sanasida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Seulda Janubiy Koreya terma jamoasi mehmoni bo'lgan. JCH-2014 saralashi doirasidagi bahsda O'zbekiston alamli avtogol tufayli mag'lub bo'lgandi - 0:1.



Minoru "Paxtakor"ning OCHLdagi uchta o'yinida ishlagan. 2010 yil guruh bosqichida "sherlar" o'z maydonlarida Saudiya Arabistonining "Al SHabab" klubiga 1:3 hisobida yutqazishgandi. 2011 yil Toshkentda "Al Nasr" bilan durang o'ynalgan 2:2 va 2012 yil Jiddada "Al Ittihod" mehmoni bo'lib 0:4 hisobida mag'lub bo'lingan o'yinlarda ham mana shu hakam ishlagandi.

Minoru boshqargan yana bir o'yin 2012 yilda  "Nasaf" va Eroning "Istiqlol" klubi o'rtasida bo'lib o'tgan. Qarshida o'tgan bahsda "ajdarlar" imkoniyatni boy berib qo'yishgandi - 0:2.

Bu hakam "Lokomotiv" ishtirokidagi bitta o'yinda ishlagan. 2014 yil OCHL pley-offida "temiryo'lchilar" Quvaytning "Quvayt SK" klubiga 1:3 hisobida yutqazib qo'ygandi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика