So’nggi yangiliklar

23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" (матнли трансляция)  18 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  6 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0

Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlari Tojikistonda g'alabaga erishdi Yangiliklar

Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlari Tojikistonda g'alabaga erishdi

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tojikistonlik tengqurlariga qarshi uchrashuv o'tkazishdi.

O'rtoqlik o'yinlari
3 sentyabr (payshanba)
Tojikiston (U-19) – O'zbekiston (U-19) 0:1

Gol: Ulug'bek Hoshimov (53')
Xo'jand, «Tojikiston Mustaqilligining 20 yilligi» stadioni. 17:00 (Toshkent vaqti)

Tojikiston: 1.Muhriddin Hasanov, 2.Jonibek SHaripov, 4.Alijon Karomatullozoda, 7.Abdulmo'min Zabirov, 9.Rustam Soirov, 10.Islom Zairov, 11.SHohruh Sangov, 12.SHarifbek Rahmatov, 17.Ahmadxon Emomali, 20.Ozodbek Panjiev, 22.Isroil Xolov.
Zaxira: 23.Samandar Karimov, 3.Safiollohi Nazarzoda, 6.Muhammad Salomzoda, 8.Nidoyor Zabirov, 14.SHuhrat Elmurodov, 18.Ismoiljon Alimardonov, 19.Parviz Xojiev, 21.Sunatulo Ismoilov, 24.Azizbek Hasanov, 25.Salam Ashurmamadov.

O'zbekiston: 1.SHukron Yuldashev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Odilbek Abdumajidov, 4.Abubakr Rizo Turdaliev, 9.Ulug'bek Hoshimov, 10.Davron Anvarov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (6.Murodbek Xo'jamberdiev, 46), 13.Eldor Begimov (14.Behzod SHamsiev, 87), 17.Ruslan Roziev (7.Muhamadqodir Rahimberganov, 75), 19.Husayin Norchaev (20.Muzaffar Olimjonov, 51), 23.Abdurauf Bo'riev (15.Humoyun SHerbo'taev, 75).
Zaxira: 16.Izzatullo Tursunov, 5.SHohjahon Sultonmurodov, 8.Bektemir Abdumannonov, 18.Asadjon Azimjonov,  22.Jaloliddin Sodiqov, 24.Ulug'bek Aknazarov.

Ogohlantirishlar: Ulug'bek Hoshimov (44), Murodbek Xo'jamberdiev (51), SHohruh Sangov (72).







O'yin yakunlandi. O'zbekiston (U19) safardan g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi.  

90+1. Jarohatlangan Mirsaidovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Oxirgi daqiqalarda o'yin tempi yuqori darajaga chiqdi. 

87. O'zbekiton safida o'zgarishlar: Begimov o'rniga SHamsiev tushirildi.  

84. Olimjonov deyarli birga-bir holatga chiqib bordi, vaziyat boy berildi. 

82. Zarba! Soirov(Tojikiston)ning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 



78. O'yin keskin kurashlarga boy tarzda davom etmoqda. 

75. O'zbekiston safida o'zgarishlar: Roziev o'rniga Rahimberganov, Bo'riev o'rniga SHerbo'taev tushdi. 

72. Sangov sariq kartochka bilan jazolandi. 

69. Zarba! Aknazarovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. 

68. Salomzoda qo'pollik ishlatgani bois sariq kartochka oldi. 

67. GOL!  Tojikiston gol urdi, ammo ofsayd tufayli bekor qilindi. 



65. O'zbekiston xavfli vaziyat yaratdi, Roziev zarba bermoqchi bo'ldi, biroq u ofsaydda eakanligi maxlum bo'ldi.  

64. Rozievning jarimadan uzatgan to'pni raqib posboni qo'li bilan ilib oldi. 

61. O'zbekiston safida o'zgarishlar: Norchaev o'rniga Olimjonov tushdi. 

56. Turdaliev qanotdan rivojlanayotgan raqib hujumini to'xtatib qoldi. 

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Hoshimov hisobni ochdi - 0:1!  



51. Xo'jamberdiev qoidani buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

50. Bo'riev hujumda to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va uzatmani amalga oshirdi. To'p raqib darvozabonida. 

49. Rozievdan xavfli uzatma, himoyachliar jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. 

46. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Jo'raqo'ziev o'rniga Xo'jamberdiev tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi - 0:0. Tanaffus!

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

44. Hoshimovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

42. Yuldashev!  SHunchaki qoyilmaqom o'ynadi. Islom Zairov (Tojikiston) birga-bir holatda zarba yo'lladi, ammo darvozabonimiz ishonch bilan to'pni qaytara oldi. 

39. Mirsaidov tezlik bilan oldinga intilib, to'pga ega chiqdi, biroq uning pasi raqib darvozaboniga taqdim etildi. 

38. Uuuxx! Jo'raqo'zievning uzatmasidan keyin Roziev bosh bilan zarba berdi, ozgina noaniq. 



37. Tojikistonlik futbolchining uzatmasiga Yuldashev ega chiqdi. 

34. Uuuuxx! Yuldashevdan ajoyib seyv!  Posbonimiz Soirovning zarbasini qaytardi. 



32. Anvarovdan uzatma, Abdumajijovning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

30. O'yinda "taym-aut" kuzatilmoqda. Har ikki jamoa murabbiylari o'z shogirdlariga ko'rsatma berib o'tishdi.

29. Zarba! Norchaevning zarbasi Xolov (Tojikiston) tomonidan qaytarib qolindi. 




27. Hoshimov Karomatullozodaga nisbatan qoidani buzdi. 

25. Futbolchilar suv ichib olishlari uchun imkoniyat taqdim etildi.

22. Zarba! Norchaevdan zarba, lekin ancha kuchsiz.  



20. O'zbekiston hujumda faollik ko'rsatdi, biroq Jo'raqo'ziev ofsaydda qolib ketdi. 

17. Roziev raqib jarima maydoni ichida to'pni oldirdi. 

14. O'zbekiston himoyachilar orqali hujum boshlamoqda. To'p Rozievgacha etib keldi, uning zarbasi yo'liga raqib himoyachilari to'g'anoq bo'lishdi. 

12. Zarba! Tojikiston hujumchisining zarbasidan so'ng darvozabonimiz Yuldashev to'pni qaytardi. 


11. Vakillarimiz o'z bosimlari orqali to'pni olib qo'yishga erishdilar. 

7. Zoirov (Tojikiston) Abdumajidovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

7. Rozievdan ajoyib harakat, tojikistonlik himoyachilar to'pni maydon tashqarsiga chiqarib yuborishdi. 

4. Zarba! Zoirov (Tojikiston)dan xavfli zarba, ammo noaniq. 

3. Zarba! Norchaevning ajoyib uzatmasidan keyin Hoshimov zarba yo'lladi, darvozabon to'pni qaytardi.  



1. O'yin boshlandi! 

- Davlat madhiyalari yangrab o'tdi.

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.



Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика