So’nggi yangiliklar

00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  4 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  0 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  3 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  10 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  2 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1

Tojikiston U-23 terma jamoasining Dohadagi yig'iniga "Neftchi", "Andijon" va "Metallurg" futbolchilari ham chaqirildi Yangiliklar

Tojikiston U-23 terma jamoasining Dohadagi yig'iniga "Neftchi", "Andijon" va "Metallurg" futbolchilari ham chaqirildi

15 apreldan 3 mayga qadar Qatarda U-23 Osiyo kubogi bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.

Tojikiston olimpiya terma jamoasi ana shu musobaqa oldidan yakuniy yig'inni o'tkazish maqsadida Qatar poytaxti Dohaga etib bordi.

Bosh murabbiy Mubin Ergashev yig'inga 24 nafar futbolchini taklif etgan. Ulardan 7 nafari legioner. Legionerlar orasida "Neftchi" himoyachisi Manuchehr Safarov, "Andijon" hujumchisi SHahrom Samiev va "Metallurg" hujumchisi Daler SHaripov ham bor.

Tojikiston U-23 terma jamoasi musobaqaning "S" guruhida Saudiya Arabistoni, Iroq va Tailandga qarshi bahs olib boradi. Aynan mana shu guruh vakillari chorak finalda O'zbekiston U-23 terma jamoasi joy olgan guruhdagilarga qarshi maydonga tushadi.

Tojikiston U-23 terma jamoasi yig'iniga chaqirilgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Muhriddin Hasanov ("Istiqlol"), Safarmad Gafforov ("Xo'jand"), Muxammadrabi Rahmatulloev ("Ravshan");

Himoyachilar: Manuchehr Safarov ("Neftchi", O'zbekiston), Mehrubon Karimov ("Samgurali", Gruziya), Sodiqjon Qurbonov ("Istiklol"), Rahmatsho Rahmatzoda ("Ravshan"), Haydar Sattorov, Bekmurod Xaitov (ikkisi – "Vaxsh"), Faxriddin Axtamov ("Xo'jand"), Jonibek SHaripov (CSKA);

Yarim himoyachilar: Alisher SHukurov ("Dinamo", Gruziya), Ruslan Xayloev ("Tyumen", Rossiya), Jomi Nazarov ("Sarria", Ispaniya), Amadoni Kamolov ("Istiqlol"), Azizbek Xaitov ("Ravshan"), SHuhrat Elmurodov, Faridun Davlatov (ikkisi – "Regar-TadAZ"), SHoxrux Sangov, Toxirjon Tagoyzoda (ikkisi – "Xosilot");

Hujumchilar: SHahrom Samiev ("Andijon", O'zbekiston), Daler SHaripov ("Metallurg", O'zbekiston), Rustam Soirov, Mexron Madaminov (ikkisi – "Istiqlol").

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика