Tojikiston terma jamoasi ustozi: "O'zbekistonga rahmat"
30 jan 2023 16:16
Yangiliklar
Tojikiston terma jamoasi ustozi: "O'zbekistonga rahmat"
"Og'ir o'yin bo'ldi. Raqib ham 3-o'rin uchun bor kuchi bilan harakat qildi. SHunga qaramay, g'alaba qozonganimizdan xursandman. O'zbekistonga mehmondorchilik uchun tashakkur aytaman. CAFA mutasaddilardan esa kelgusi musobaqalarda o'yinlar taqvimiga jiddiyroq yondashishni so'ragan bo'lardim".

SHuningdek, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi sifatida etirof qilingan tojikistonliklar sardori Madina Fozilova ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Avvalo, g'alabadan xursandligimni aytishim kerak. Ikki mag'lubiyatdan biroz tushkunlikka tushib qolgan edik. Qizlar bilan 3-o'yinni yutib, uyga medal bilan qaytishga ahdlashdik. SHukr, uddalay oldik.
— Siz uchun qaysi o'yin nisbatan qiyin bo'ldi?
— O'zbekistonga qarshi og'ir o'yindan keyin dam olmasdan Eron qarshisiga chiqishimizga to'g'ri keldi. SHuning uchun 2-tur eng qiyini edi, deya olaman.
"CAFA Womenʼs Futsal Championship-2023". Tojikiston uchinchi bo'ldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar