Tojikiston Tailanddagi turnir yarim finalida Trinidad va Tabagoni mag'lub etib finalga yo'llanma oldi
22 sen 2022 20:15
Yangiliklar
Tojikiston Tailanddagi turnir yarim finalida Trinidad va Tabagoni mag'lub etib finalga yo'llanma oldi
Qo'shnilarimiz bugun musobaqaning yarim finalida Trinidad va Tobagoni mag'lub etishdi va finalga yo'llanma olishdi. Etiborli tomoni, o'yindagi g'alaba keltirgan golga "Navbahor" sobiq futbolchisi Ehsoni Panshanbe mualliflik qildi. Uchrashuvda "Lokomotiv" futbolchisi Manuchexr Safarov, "Surxon" himoyachisi Zoir Jo'raboev to'liq harakat qildi. Tojikistonliklarning Tailand "Qiroli Kubogi"dagi finaldagi raqibi Tailand — Malayziya uchrashuvi g'olibi bo'ladi. Musobaqa finali 25 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Tailand "Qiroli kubogi". Yarim final.
TRINIDAD VA TABAGO - TOJIKISTON 1:2
Gollar: Juda Garsiya, 27 (1:0). Muxammadjon Rahimov, 47 (1:1). Exsoni Panshanbe, 75 (1:2).
Tojikiston: Rustam Yatimov, Vaxdat Xanonov, Manuchexr Safarov, Tabrez Islomov, Zoir Jo'raboev, Axtam Nazarov (Komron Tursunov, 73), Amirbek Jo'raboev, Muhammadjon Rahimov (Daler Imomnazarov, 84), SHervoni Mabatshoev (Siyovush Asrorov, 90+4), Nuriddin Hamrokulov (Ehsoni Panshanbe, 46), SHaxrom Samiev (Rustam Soirov, 73).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar