So’nggi yangiliklar

13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  3 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  2 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  2 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  8 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8

Tohir Kopadze: "Futbolchilarimizga kuch va mahorat etmadi" Yangiliklar

Tohir Kopadze: "Futbolchilarimizga kuch va mahorat etmadi"

Bugun bo'lib o'tgan "Mashal" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida mehmonlar klubi raisi Tohir Kopadze ishtirok etdi.
"Bugungi uchrashuv haqida fikr bildirishdan oldin bir narsani aytib o'tishni joiz deb topdim. Bugungi maydon holati bizni juda ham hayron qoldirdi. Juda ham ajoyib holatda ekan. Undan tashqari Muborakda futbolga etiborni bu darajada yuqoriligi menda havas o'yg'otdi. Mana yonida klub akademiyasi va undagi tartib, etishtirib bergan futbolchilarini o'ziyoq klubda hamma narsa to'g'ri yo'lga qo'yilganidan dalolatdir. Bu jamoaga chin qalbimdan omad tilayman." , - deya so'z boshladi Kopadze

"O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Birinchi bo'limda "Mashal" ustunlik qilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Ochiqchasiga omadimiz kelmagan vaziyatlarni ham ko'rdik. To'p darvoza to'siniga tegib qaytishi va boshqa vaziyatlar uchun afsuski ochko berilmaydi. Biz juda ham afsusdamiz. G'alaba uchun harakat qildik,  lekin yigitlarimizga bugun omad kelmadi. Futbolchilarimizga mahorat va kuch etmadi. Jamoamizni kamchiliklar juda ham ko'p. Hali murabbiylar bu jamoa ustida juda ko'p vaqt mehnat qilishi kerak. Bugungi o'yin kamchiliklarni ko'rsatib qo'ydi. Oxirgi o'yinlarda g'alabalar qozonib muxlislarimizni xursand etmoqchimiz" , - deydi o'yin haqida Toxir Kopadze

"Farg'ona yaxshi futbolchi etishtirib berish bo'yicha katta salohiyatga ega. O'z tarixi va yutug'iga ega. Jamoa bu holatga kelib qolishi bu bir kunda bo'lgan narsa emas. Oxirgi besh-olti yilda "Neftchi"da juda ham pasayish kuzatildi. Buni sabablari bisyor. Ayni vaqtda bizni qo'llab-quvvatlab turuvchi viloyatimiz rahbari bor. Bizni jamoada ayni vaqtda hech qanday kamchilik yo'q. Faqat natija kerak. Biz ikkinchi davra oldidan yaxshi selikciya ishlarini amalga oshirdik. Mana SHerzod Hakimov, Sardor Mirzaev, Umid Qodirov kabi futbolchimiz bugun bizga yordam bera olmadi. Ularda jarohat bor. Akopyanc, Holmatov endi o'yinimizga kirishib bormoqda va bularga vaqt kerak. Men jamoamizni kelajagiga ishonaman. Yangi stadiomiz yaqinda ochiladi balki shunda o'yinlarimizga fayz kirar va g'alabalarimiz soni oshar".

"Biz juda qiyin ahvoldamiz. Biz murabbiylar, ko'plab futbolchimiz Farg'onada tug'ilganmiz va Farg'ona futboli manfati uchun mehnat qilmoqdamiz. SHunga qaramay bizda bu bosqichni o'tishda juda ham katta qiyinchiliklar bo'lmoqda. Farg'ona futbolini so'nggi bir-ikki yilda avvalgi holatiga ko'taramiz. Yaqinda futbol akademiyamizni ham ochamiz".

"Jamoamiz hali to'liq shakllangan emas. Mana oxirgi mavsumga qaraylik bizni tarkib uch bor almashdi. Tarkibda ko'plab yoshlar bor. Biz ularga ishonamiz"

"Bugun Murod Ismoilov matbuot anjumanida ishtirok eta olmadi. Bu jurnalistlarga hurmatsizlik emasdir. Ismoilov juda qattiq siqilgan va ruhiy holati ayni vaqtda yaxshi emas. Bizni jamoa jurnalistlarni hamisha hurmat qiladi"

"Avvalgi matbuot anjumanidan so'ng men Murodjonga endi o'yindan so'ng va boshqa matbuotlarga kam chiqish kerakligi haqida aytib o'tdim. Bu yigit hamma narsani o'ziga qattiq qabul qilmoqda va tasirga berilmoqda. O'tgan o'yindan so'ng uni muxlislarimiz juda ham yomon haqorat qilishdi. Hech kimni bosh murabbiyni haqorat qilishga haqqi yo'q. Ana shunda issiqqonlikdan shularni gapirgan. O'zgarish haqida hech qanday gap bo'lishi mumkin ham emas. Biz ushbu yosh murabbiyimizga to'la ishonamiz. Uni arizasini qabul ham qilmaymiz. U o'z ishini oxiriga etkazishi kerak. Bularni matbuotda yozilishi tarafdoriman. Murabbiy almashaversa natija zo'r bo'lib ketmaydi. Biz g'alabadan so'ng muxlislardan qarsaklarni qanday qabul qilsak, mag'lubiyatga javobni ham shunday qabul qilishni o'rganishimiz kerak. Biz arizasini qabul qilmaymiz. Biz bitta xato bilan murabbiyni olib tashlamaymiz.  Muxlislarimizga esa yana bir bor sabr tilayman. G'alaba bo'ladimi, mag'lubiyatmi insonni shaxsiyatiga tegmaslikni so'rab qolaman".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика