So’nggi yangiliklar

14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  0 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  1 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2

Tohir Kapadze: "Ketma-ket duranglardan fojia yasash kerak emas" Yangiliklar

Tohir Kapadze: "Ketma-ket duranglardan fojia yasash kerak emas"

Birinchi liganing 3-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Bundyokor-2" (1:1) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Tohir Kapadze uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Albatta "Bunyodkor-2" qarshi bahsga faqat g'alaba uchun tushgandik. CHunki maqsadimiz oliy ligaga chiqish. SHunday ekan har bir turda uch ochko uchun kurashmoq lozim. Lekin kecha "Bunyodkor-2" bilan uchrashuvda ham ikki ochko yo'qotdik. Futbolda ko'p narsa omadga bog'liq. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. SHogirdlarim yutish uchun qo'plab qulay vaziyatlarni yaratdi. Ammo ulardan unumli foydalanishga kelganda sovuqqonlik etishmadi. Raqib jamoa ham chakki emas. Tarkibida yoshlar terma jamoasiga nomzod bir qator o'yinchilar to'p tepmoqda. Bu jamoani o'yini menga yoqdi. Maydon xolatining hozircha yaxshi emasligi ham salbiy tasir o'tkazdi. Biz uchun mavsum endi boshlandi. Hali hammasi iziga tushib ketadi. Men bunga ishonaman. O'z har mavsum boshida shunday kutilmagan natijalar qayd etilib keladi. Xususan ushbu turda Toshkentda "Kosonsoy"ning "NBU-Osiyo" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonishini kim ham o'ylabdi deysiz. Undan tashqari "Xotira-79" ham "Oq-tepa"ni mag'lub etib turganda, uchrashuvning oxirgi 5 daqiqasida ikkita gol o'tkazib yuborib, g'alaba qozonishini olaylik. Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi.  

- 2-turda o'z maydonimizda "Lokomotiv-BFK"ga qarshi o'yinda ham durang qayd etganimiz yigitlarga ruhiy tasir o'tkazmasdan qolmadi. Ketma-ket duranglardan ortiqcha fojia yasash kerak emas. CHunki futbolda g'alaba va mag'lubiyat doimo yonma-yon yuradi. Bizku durang o'ynadik. Bu Kubok o'yini degani emas, ertagayoq ishtirokni to'xtatgani. CHempionat uzoq davom etadi. Aslida har mavsum boshida shunday bo'ladi. CHempionatning 5-6 turi qandaydir hayajon va boshqa sabablarga ko'ra kutilgan o'yinni ko'rsatish qiyin bo'ladi. SHundan so'ng esa hammasi iziga tushadi. Demoqchimanki, bu vaqtinchalik xolat. Yil boshida oldimizga elitaga chiqish vazifa qo'yilgan. Buni bajarish yo'lida oxirigacha kurashamiz.

- Pro licenziyasiga o'qiyotgandim. SHu oxirgi ikki o'yinda aynan o'qish sababli jamoada ko'p vaqt bo'la olmadim. "Lokomotiv-BFK"ga qarshi bahsga o'sha kuni etib bordim. "Bunyodkor-2" bilan esa uchrashuvdan bir kun oldin borgandim. Bu ham kishini chalg'itish bilan birga toliqtirib qo'yishi turgan gap. O'qish ham kerak. Bugun mana Pro licenziyasi uchun dissertaciya yo'qladik. Tegishli licenziyaga ega bo'ldik. Endi bor etiborimizni klubdagi ishga qaratamiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика