So’nggi yangiliklar

14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  0 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  1 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  1 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  1 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  4 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  15 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  4 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1

Titanlar to'qnashuvida kambek ko'ramizmi? Yangiliklar

Titanlar to'qnashuvida kambek ko'ramizmi?

Tunda Bavariya Myunhenda PSJni sinovdan o'tkazadi. Ilk uchrashuvda Bavariya mehmonda minimal hisobda zafar quchgandi.

Intriga maksimal, favorit yo'q va yakunda har narsa bo'lishi mumkin bo'lgan bahs, qisqa qilib aytganda katta bolalarning katta o'yini. Tunda “Allians arena”ga kimning ko'z yoshlari to'kiladi? Savolga javobni bir necha soatlardan so'ng bilib olamiz.

Ehtimoliy istefo.

Bahs natijasi ikki tomon uchun ham o'ta ahamiyatli. Murabbiylarning kursisi qimirlab qolganiga ancha bo'lgan. «Bavariya» ham PSJ ham ichki chempionatda muammolarga uchrayapti. Bahs natijasi qanday bo'lishi etibori bilan o'yindan so'ng istefo bo'lib qolishi ham mumkin. Galtening qulog'i qizishni boshladi. Yana bir faktor yakunda qaysidir tomon pley-offning ilk raundida yurishini to'xtatadi, bu esa rahbariyat va muxlislar tomonidan oson hazm qilinmaydi.

Qirol va shahzodaning keyingi taqdiri.


Parij etakchilarining jamoada qolishi shu o'yinga bog'liq. Messining shartnoma muddati yakunlanmoqda, futbolchining PSJdan ketishi, yangi shartnoma tuzilmasligi haqida mish-mishlar yuribdi. Agar, agarlarning ichida “jamoa CHempionlar Ligasini tark etsa” degan joyi ham bor. Kilian bilan ham shunga o'xshash vaziyat. Mbappening rahbariyat bilan kelishuvida titullar bandi ham borligiga ishonchim komil. Xususan ko'hna qitaning eng nufuzli musobaqasi bo'yicha alohida qismlar bor bo'lsa kerak (katta ehtimol). So'nggi paytlarda OAVda francuzning «Real»ga o'tishi borasidagi xabarlarda ham haqiqat borligi ko'rinib turibdi (Peresning nimtabassumini eslaymiz).

Taxminiy o'yin kartinasi.

Ilk uchrashuvni yodga olamiz. Parijda nemislar 70 daqiqa dominantlik qilishgandi (Mbappe o'yinga tushkuniga qadar) keyin shahzoda jangga tashlangach kuchlar tenglashgandi. Mbappe bu safar o'yinni asosiy tarkibda boshlasa boshqacharoq o'yinga guvoh bo'lamiz (bu haqda pastroqda batafsil). Bilasiz UEFA safardagi gol qiymatini bekor qilgan, shu faktor mezbonlarni xotirjamlikka chorlasa ne ajab. Galte ilk bahsdan farqli bu safar hujumkor o'yin uslubini tanlasa kerak (bunga majbur). Boshqa tomondan «Bavariya» muxlislar ko'z o'ngida himoyada yotishga haqqi yo'q. taxminimcha o'yin bo'lak-bo'laklarga bo'linib ketadi. Ustunlik tomonlar o'rtasida almashinib turadi. Katta o'yinlar taqdirini kichik epizodlar hal qilib kelgan.

Mbappe faktori.


Kilian ayni paytda dunyoda istalgan himoya qo'rg'onini parchalay oladigan yagona futbolchi. Mbappe jamoasi cho'kib, hech nima o'xshamayotgan paytlarda raqibga bir o'zi qarshi tura oladigan yigit. JCH finali va CHempionlar Ligasi o'tkan mavsumida “Real Madrid”ga qarshi o'yinlar bunga yorqin dalil. Nagelsman francuzga qarshi personal tayinlashi ham mumkin, ammo oson bo'lmaydi.

Statistika.

Jamoalar bunga qadar yirik turnirlarda 12 bor to'qnash kelishgan. Qizig'i, biror marta durang qayd etilmagan. G'alabalar bo'yicha mutlaq tenglik, jamoalar hisobida 6 tadan g'alaba bor. So'nggi  5 to'qnashuvning 4 tasida «Bavariya» zafar quchgan bo'lsa va faqat 1 marotaba francuzlarning qo'li baland kelgan. Raqamlardan ko'rinib turibdiki, «Bavariya» PSJ uchun noqulay raqib.

Yo'qotishlar.


Mezbonlardan Noyer (jarohat), Lukas Ernandes (jarohat) va Benjamin Pavar (diskvalifikaciya) o'tkazib yuboradi. PSJdan Neymar, Kimpembe, Renato Sanches jarohat sabab o'yinda ishtirok eta olishmaydi. Ashraf Hakimi, Markinyos va Mukiele so'roq ostida (futbolchilarda kichik jarohat bor). O'ylashimcha, Neymarning yo'qligi bu safar PSJ zarariga ishlamaydi.

Taxminiy tarkiblar.


O'yinni italiyalik refere Daniel Orsato boshqarib boradi. Bahs tungi 01:00 da boshlanadi.

 

Jaloliddin Xalilov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика