So’nggi yangiliklar

14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  0 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  0 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  9 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  7 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  12 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  24 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  18 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  14 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  17

"Tishsiz bo'ri" yoxud hujumchilar qachon gol urasiz? Yangiliklar

"Tishsiz bo'ri" yoxud hujumchilar qachon gol urasiz?

FIFA kunlari bois yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib Superliga mavzusidagi tahliliy maqolalarni etiboringizga havola qilishda davom etamiz.

Bugun hujumchilar haqida to'xtalishni lozim topdik. Gol urayotgan hujumchilarga o'z vazifalarini bajarishlarini tilagan holda, hozirga qadar darvozalarga yo'l topishni uddasidan chiqa olmagan forvardlar haqida gaplashamiz. 

Zabihillo O'rinboev ("Navbahor")

2021 yil Superligada:17ta o'yin

Daqiqasi: 894

Oxirgi marotaba urgan goli: 20.11.2020 23-tur, "Surxon" - "Navbahor" 0:1

O'z vaqtida yoshlar va olimpiya terma jamoalarida ko'plab gollarga mualliflik qilgan Zabihillo O'rinboev nima uchundir klub miqyosida buni namoyish qilishga qiynalmoqda. O'tgan mavsumdan beri "Navbahor" sharafini himoya qilayotgan hujumchi bu yil Superligada hali gol urishni uddasidan chiqmadi. "Lochinlar" safida u so'nggi bor Superligada 2020 yil "Surxon" darvozasiga yo'l topgandi. Balki ushbu holat uni o'zini ham havotirga solayotgandir. 


Bahodir Nasimov ("So'g'diyona")

2021 yil Superligada: 13ta o'yin

Daqiqasi:386 

Oxirgi marotaba urgan goli: 20.11.2020 23-tur, "So'g'diyona" - "Nasaf" 3:1

Tajribali hujumchi Bahodir Nasimovning faoliyatida so'nggi yillarda pasayish kuzatilmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. Futbolchi joriy yil hali gollari hisobni ochishga ulgurgani yo'q. "So'g'diyona" libosida u oxirgi marotaba o'tgan mavsumning yakunida "Nasaf" darvozasiga gol urgandi. Uning tajribasiga shubha qilmaymiz. Balki yana so'nggi turlarga kelib mazkur ananaga barham berar. Buni esa vaqt ko'rsatadi. 


Zafar Polvonov (AGMK)

2021 yil Superligada: 15

Daqiqasi: 341

Oxirgi marotaba urgan goli: 17.10.2020, 19-tur, "Mashal" - AGMK 0:2

AGMKning faxriy futbolchisiga aylanib borayotgan Zafar Polvonovga ham bu mavsum Superligada gol urish hali nasib qilmadi. Etiborlisi forvard OCHL guruh bosqichida 5ta o'yinda maydonga tushib 4ta golga mualliflik qildi. 


Andriya Kaluderovich ("Nasaf")

2021 yil Superliga ikkinchi davrada: 8ta o'yin

Daqiqasi: 302 

Ikkinchi davrada hujum chizig'ini kuchaytirish uchun taklif qilingan Andriya Kaluderovich hozircha faqat O'zbekiston kubogida "Metallurg"ga to'p kiritdi. Superligada esa bunday vazifani bajarish biroz qiyin kechmoqda. Asosiy tarkibda Husayn Norchaevga raqobatda yutqazayotgan serbiyalik futbolchi balki, qolgan o'yinlarda o'zini ko'rsatar. 


SHohruh Mahmudxojiev ("Navbahor")

2021 yil Superligada: 10ta o'yin

Daqiqasi: 269

Oxirgi marotaba Superligada: 2019 yil "Paxtakor" libosida, 13-tur, "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 1:2 

Aleksandr Mochinov boshchiligidagi o'smirlar terma jamoamizda o'zini ko'rsatgan SHohur Mahmudxojievdan ko'p narsa kutilgandi. Lekin "Paxtakor"ning zaxirasida qoldi. Natijada o'tgan mavsumning ikkinchi davrasida "Navbahor"ga ijaraga berildi. Forvard avvalgi mavsum O'zbekiston kubogi chorak finalida "Nasaf" darvozasini ajoyib tarzda ishg'ol qilib stadionni larzaga keltirgani yodingizda bo'lsa kerak. Bu yildan esa u to'liq "lochinlar" azosiga aylandi. Biroq hozirga qadar raqiblar darvozasini ishg'ol qila olganicha yo'q. 


Aslida yarim himoyachi va qanot himoyachisi sifatida to'p tepib kelgan Ixtiyor Toshpo'latov ikkinchi davrada "Turon"ga o'tgach hujumchi sifatida harakat qila boshladi. Tezkor futbolchi yaypanliklar tarkibida 9ta bahsda ishtirok etdi. Aytganimizdek hujumchiga aylantirilgan futbolchi hozircha raqiblar darvozabonini ranjita olgani yo'q. Toshpo'latov muxlislar ishonchini qozonish uchun oldindagi hal qiluvchi bahslarda o'zini ko'rsatishi talab etiladi.

Hujumchilarimizga keyingi bahslarda birdan-bir chiroyli gollarni urib muxlislarni xursand qilishlarini tilab qolamiz. Do'st achitib gapirar, dushman kulib. Maqsadimiz esa aslo dushmanlik emas. Salomat bo'ling!

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика