Timur Kapadze: "Stadionga kelgan muxlislar yorqin o'yin guvohiga aylanishdi"
06 okt 2021 21:19
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Stadionga kelgan muxlislar yorqin o'yin guvohiga aylanishdi"
- O'yin haqida
- Ochiq o'yin ko'rdik. Stadionga kelgan muxlislar yorqin o'yin guvohiga aylanishdi. To'g'ri, yutqazdik. Qaerdadir tajriba etishmadi, qaerdadir raqib ustunlikka ega bo'ldi. Mana shunday uchrashuvlar orqali yoshlarimiz o'siob borishadi. O'yinchilarimiz bir nechta xatoliklarga yo'l qo'yishdi, "Dinamo" futbolchilari esa akchincha, yaxshi harakat qilishdi. O'ylaymanki, o'z ustimizda ishlab, keyingi bahslarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz.
- "Olimpik" jamoasining mavsumdagi eng yirik mag'lubiyati kuzatildi. Bu "Olimpik"ning kuchsiz o'yinidan darak beradimi yoki "Dinamo" kuchliroq ekanligidanmi?
- Menimcha, biz yomon o'yin ko'rsatmadik. To'g'ri, himoyamizda kamchiliklar kuzatildi. O'yinni yaxshi nazorat qilib, bir nechta vaziyatlarga ega chiqdik. "Dinamo" imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Vaziyatlarimizdan foydalanolmadik, qaerdadir "rikoshet" ham bo'ldi. Birinchi taymdagi ikkita golni o'zimizga o'zimiz olib keldik. Lekin nima ham deymiz, bu – futbol. 2:0 dan keyin tavakkalga qo'l urib, ochiq futbol ko'rsatishga o'tdik.
Fikrlar