So’nggi yangiliklar

16:51Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан". Таркиблар маълум  0 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  0 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  5 15:53Мбаппе ва Винисиус ўртасидаги зиддият кучайиб бормоқда  3 15:32Ўзбекистон терма жамоасига бош ошпаз ва нутрициолог жалб этилди  1 15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  2 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  2 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  6 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  4 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9

Timur Kapadze: "Qizilqum" 10 kishi bo'lib natija qilib ketadigan jamoa emas" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Qizilqum" 10 kishi bo'lib natija qilib ketadigan jamoa emas"

Coca Cola Superligasi 10-turi doirasida "Qizilqum" maydonidagi g'alabadan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirdi.


- G'alaba bilan jamoamni tabriklayman. Qiyin bo'lishini bilardik, o'yinga jiddiy tayyorlandik. "Qizilqum" so'nggi o'rinlarda bormoqda, shu sababli ular har bir ochko uchun jiddiy kurashishini bilardik. Ayniqsa, Navoiyda o'ynash oson emas. O'yin yaxshi bo'ldi. Ikki jamoa ham kurashdi. Raqiblarning birinchi bo'lim oxirida olgan qizil kartochkasi bizga qo'l keldi. Umuman olganda yigitlarim yaxshi o'yin ko'rsatishdi.

- "Qizilqum" jamoasidan qanday o'yin kutgandingiz?

- Murabbiy almashgandi. Tachmurod Agamurodovni yaxshi taniymiz, qattiq hurmat qilamiz. Unga omad tilayman. Qanday murabbiyligini biz yaxshi bilamiz. Oson bo'lmasligini bilardik. Unda hali ko'p vaqt bo'lmadi, jamoani endigina qabul qilib oldi. SHunda ham ular himoyadan o'ynashini taxmin qilib, shunga yarasha tayyorlangandik. Futbolda shundayki, bir uslubga tayyorlansa ham raqib boshqa uslubda o'ynashi mumkin. Biz esa har narsaga tayyor edik. Biz qanday o'ynaymiz, raqib qanday o'yin ko'rsatishi borasida fikrlar, taxminlarimiz yo'q emasdi. 

- Birinchi davradan keyin "Olimpik" tarkibida qanday o'zgarishlar bo'ladi?

- Jamoalarda selekciya ishlari doim bo'ladi. CHunki kimlardadir o'yin amaliyoti kamroq. Yoshlar chempionatidagi bir qancha futbolchilarni kuzatyapmiz. Kuzatamiz, selekciya davom etaveradi. Menimcha bu normal holat. Kim kuchli bo'lsa, yaxshi bo'lsa maydonga tushadi. Bu borada shtab ham ishlayapti, biz ham malumot yig'yapmiz. Ayta olamanki, bizda ro'yxat bor. 

- Asosiy maqsad qanday?

- Futbolchilarni kuchaytirish. "Olimpik" shu uchun tashkil topdi. Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritish, futbolchilarga tajriba berish va katta musobaqalarga tayyorlash. Boshqa jamoalar tarkibida ham futbolchilar bor. Balki "Olimpik" bo'lmaganida ular boshqa jamoalar tarkibida bo'larmidi, bilmadim. O'tgan yillar davomida biz yaxshi ishlar olib bordik, deb o'ylayman. Yigitlar anchagina o'sdi, hozirgi kunda ular Superliganing istalgan jamoasida o'ynay olishiga salohiyati etarli bo'ldi. Bu bizning yutug'imiz. Termada eng kuchlilar yig'iladi. Oldimizga qo'yilgan maqsadga etishishga harakat qilamiz. 

- "Qizilqum"dan ham kuzatuv ostiga olingan futbolchilar bormi?

- Ha, 2 nafar futbolchi bor. O'tgan yili bizning tarkibimizda edi. "Nasaf"dan kelgan Murod ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Umuman olganda ko'p futbolchini kuzatyapmiz, ularni taniymiz, yaxshi bilamiz. Qaysi jamoa tarkibda tushayotgan bo'lsa, ular uchun ham xursandmiz. "Qizilqum"ga omad tilayman, ular qiyin holatda. Bu erda ruxiy holat, bosim ham bor. Nyuanslar ko'p. Masalan bugun qizil kartochka ham tasir qildi. CHunki "Qizilqum" 10 kishi bo'lib natija ko'rsatadigan jamoa darajasida emas. SHu sababli SHamakovichga, "Qizilqum"ga omad tilayman. Bu o'rin "Qizilqum" uchun emas, umid qilamanki, ular bu erdan chiqib keta olishadi va mavsum yakunida kerakli joyda bo'ladi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика