So’nggi yangiliklar

16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  2 16:00Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 0:0 (матнли трансляция)  1 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  1 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  0 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 14:04"Қўқон-1912" жамоасига совриндор бўлиш вазифаси қўйилди  5 13:44Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда  6 13:19Дино Дзофф Италия Норвегияга ютқазгани ҳақида: "Бунга сабаб - А Серия. Темп секин, ҳакамлар хуштак чалаверишади"  4 12:35ЖЧ-2002даги энг катта сенсация ёдингиздами?   17 12:35Ўзбекистон U-14 терма жамоаси собиқ устози энди катталар терма жамоасида бош мураббий  3 12:03Отабек Шукуров: "10 киши бўлиб қолган Эронни юта олмаганимизда роса гапиришган эди. Мана бугун 10 киши бўлиб Эронни мағлуб қилдик"  19 11:38Ҳудуди Хива туманига тенг бўлган мамлакат ЖЧ-2026га чиқди  23 10:47Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади  0 10:22Ўзбекистон U-17 га иккита гол урган футболчи баҳс ҳақида фикр билдирди  2 10:02Қитъалараро плей-офф босқичи. Ироқ яна битта учрашувда ғалаба қозонса, ЖЧга йўл олади  4

Timur Kapadze Parijdagi tashkilotchilik haqidagi gaplari noto'g'ri talqin qilinayotganini aytdi Yangiliklar

Timur Kapadze Parijdagi tashkilotchilik haqidagi gaplari noto'g'ri talqin qilinayotganini aytdi

Bundan bir necha kun oldin O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parij-2024 yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ushbu tadbir davomida jurnalistlarning savollariga javob qaytargan Timur Kapadze Olimpiya o'yinlaridagi tashkilotchilik masalalari bo'yicha ham o'zi fikrlarini bildirdi. Xususan, murabbiy tashkilotchilik masalaridan biroz ko'ngli to'lmaganini, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi musobaqaning birinchi kunlaridanoq muammolarga duch kelgani haqida gapirdi. SHundan so'ng, ijtimoiy tarmoqlarda Timur Kapadzening fikrlari turli muhokamalarga sabab bo'ldi. Olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiy Timur Kapadze ushbu holat bo'yicha tushuntirish berib o'tdi va uning gaplari noto'g'ri talqin qilinayotgani haqida gapirdi.

"Kecha matbuot anjumanidagi gaplarimni internetda noto'g'ri talqin qilinayotganiga ko'zim tushdi. Tarmoqlarda go'yoki men kimnidir aybdor qilib, etarli sharoitlar yaratib berilmaganini aytdi, deb yozishibdi.

SHu o'rinda bu so'zlarga oydinlik kiritib ketsam, biz bilan bog'liq yuzaga kelgan barcha vaziyatlar uchun savollar Olimpiadaning mahalliy tashkiliy qo'mitasiga qaratilgan edi. Olimpiya shaharchasidagi sharoitlarda tashkiliy qo'mitaning bazi kamchiliklarini sanab o'tgandim. Bazilar esa bu fikrlarim boshqacha talqin qildi. Xorijlik boshqa sportchilar bilan gaplashganimizda ham bu kabi muammolar ularda uchrab turganini aytishdi.

Jamoamiz bilan bir necha bor yirik turnirlarda ishtirok etganmiz, FIFA va OFK miqyosidagi musobaqalarda tashkilotchilik biroz boshqacharoq. Sport vazirligi, O'FA yoki MOQ tomonidan doim bizga barcha sharoitlar taqdim etilgan. Olimpiadada ham muammolarimiz aynan O'FA, MOQ hamda Sport vazirligi mutasadillariga murojaatimizdan keyin bartaraf etildi. SHu sababli mening gaplarimni ularga qaratishga urinish umuman noto'g'ri", -deydi Timur Kapadze.

Bahodir Jalolov Olimpiya shaharchasidagi sharoitlarni tanqid qilganlar haqida: "O'sha sportchi nonko'r ekan"


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика