So’nggi yangiliklar

14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  0 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  0 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  8 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  2 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  8 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  11 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  8 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  3 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  9 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  13 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  5

Timur Kapadze: "O'z klubida etarlicha o'yin amaliyoti ololmayotgan U-20 terma jamoasi yigitlarini "Olimpik"ga taklif qilib, jamoani kuchaytiramiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'z klubida etarlicha o'yin amaliyoti ololmayotgan U-20 terma jamoasi yigitlarini "Olimpik"ga taklif qilib, jamoani kuchaytiramiz"

Bugun Coca Cola Superligasi qoldirilgan 8-turdan o'rin olgan "Olimpik" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin haqida

- Durang bo'ldi. Hisobda oldinda edik. G'alati gol o'tkazib yubordik. Nimelini ayyorligi desak ham bo'ladi. Bugun uni yaxshi qo'riqladik, biroq o'sha vaziyatda u hal qilib ketdi. SHunday bo'lishi kerak ekan. Birinchi davrada kamchiliklar ko'zga tashlandi. To'g'ri xulosa chiqarishga harakat qilamiz. Endi kichik tatilga chiqamiz. Ikkinchi davrada yo'qotilgan ochkolarni o'rnini to'ldiramiz. Bu futbol. Bugun yaxshi o'yin bo'ldi, havo ham ancha issiq bo'ldi. SHunga qaramay, ikki jamoa ham yaxshi harakat qildi.

-  Jasur Jaloliddinov sariq kartochka olgan vaziyatda hakam VAR orqali qizil kartochka ham ko'rsatishi mumkin edi. Umuman olganda, Jasur Superligadagi eng ko'p kartochka olayotgan futbolchilardan biriga aylanib qolmoqda. U ichidagi agressiyani engib o'tishiga nima etishmayapti deb o'ylaysiz? Jaloliddinov maydonga tushmagan o'yinlarda jamoa kerakli ochkolarni yo'qotmoqda...

- Jasur ikkinchi turda qizil kartochka oldi va shundan so'ng o'zini qo'lga oldi. To'g'ri, sariq kartochkalar sabab ham bitta o'yinni o'tkazib yubordi. Lekin bu futbol, emociyalarga boy o'yin. Bugun ham o'sha vaziyatda to'pga o'ynashga harakat qildi. Maydondagi haroratni biz sezmaymiz. Bunday holatlarda o'yinchi baribir o'zini tuta bilishi kerak. 

- Birinchi taymda "Olimpik" "Surxon"ga o'yin bermadi. Ayniqsa, maydon markazida "Olimpik" o'yinchilar juda ko'p edi. "Surxon" bu vaziyatda uzun to'plar bilan harakat qildi. Ikkinchi bo'limda vaziyat biroz o'zgardi. Umuman olganda "Surxon"ga qarshi nimaga asoslanib tayorgarlik ko'rdingiz?

- "Surxon" odatda uzun to'plar bilan o'ynaydi. To'p uchun kurashishadi va ikkinchi to'pda uzun uzatmalar amalga oshiriladi. Biz "Surxon"ning o'yinlarini ko'rganimizda ular oxirgi uch o'yinda shunday harakat qilishganini ko'rdik. Bugun ham raqib asosan uzun to'plarga tayandi. Nimeliga uzatma beriladi, u to'p uchun kurash olib borib, nimadir qilishga intiladi. Ikkinchi bo'limda biroz vaziyat o'zgardi. Bugun biz o'sha uzun to'plarni manziliga etib bormasligiga harakat qildik. SHu bilan birga, pressing amalga oshirdik. Himoyachilarimiz deryali hamma uzatmalarni qaytarishga erishishdi. Biz bunga tayyorgarlik ko'rgandik. 

- Otabek Jo'raqo'ziev "Olimpik" jamoasi etakchisi sanaladi. Lekin oxirgi turlarda biz o'sha Otabekni ko'rmayapmiz. Bugun ham 45 daqiqada u deyarli hech nima qila olmadi va siz uni o'zgartirdingiz. Bu nima bilan bog'liq?

- Otabekda jarohat bor. Bu muaamo avvalroq ham bor edi. Terma jamoa yig'inida bu jarohat biroz og'irlashdi. Bugun ham o'sha mushaklardagi jarohat o'ynashga bermadi. O'zi bizda zaxira bilan muammolar bor. Jiyanovning ketgani ham bizga oxirgi ikki turda pand berdi. U bo'lganda ko'p vaziyatda yaxshiroq foydalanardi. Zaxira torligi sabab Otabekni maydonga tushirdik. Birinchi bo'limdan so'ng jarohat o'ynashga bermaganligi sabab uni almashtirdik. Otabekning o'rniga tushgan Muhammad ham yomon o'yin ko'rsatmadi. Oldingi chiziqda hujumda o'yinni kuchaytiradigan o'yinchilarimiz bo'lganda yaxshiroq harakat qilardik. Havo issiq, "Surxon" ham yaxshi o'ynadi. Oxirgacha kurash olib bordik. So'nggi soniyalarda g'alaba qozonib ketishimiz ham mumkin edi. Biroq, bu nasib qilmadi.

- Osiyo kubogi va FIFA doirasidagi turnirlar nafaqat futbolchilar uchun, balki murabbiylar uchun ham reklama vazifasini bajarishi mumkin. Siz keyingi Osiyo chempionati va Olimpiyada saralashlaridan so'ng chet eldan taklif tushsa, siz bu takliflarni qabul qilishingiz mumkinmi?

- Buni vaqt ko'rsatadi. Avvalo, Osiyo chempionatiga yo'llanma olishimiz kerak. Keyin u erda Olimpiyada yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz lozim. Undan keyin esa Olimpiyada oltin medalini yurtimizga olib kelishga harakat qilishimiz kerak. SHunda bizning bu erdagi vazifamiz tugaydi. Hozir bu gaplarga erta. Hammasini vaqt ko'rsatadi. 

- Jamoada zaxira tor ekanligini takidlab o'tdingiz. Qishda jamoaga 10 ta futbolchi keldi va shuncha futbolchi klubdan ketdi. Yangi o'yinchilardan faqat ikkita markaziy himoyachi maydonga tushmoqda. Qolganlar esa umuman o'ynashmayapti. Yozda jamoada katta o'zgarish bo'lishini kutishimiz mumkinmi?

- Albatta, o'zgarish bo'ladi. Qishda 2003 yillarda tug'ilgan yigitlardan variantlarimiz bor edi, ammo ularda Osiyo kubogida harakat qilishdi. Undan keyin esa Jahon chempionati o'tkazildi. SHu sabab, o'sha ro'yxatimdagi yigitlarning o'rniga boshqa o'yinchilarni taklif qildim. Ularga imkoniyat berdim. Kimdir o'sdi, kimdir buni uddalay olmadi. Imkoniyatdan foydalana olmagan yigitlar jamoalariga qaytishadi. Osiyo kubogida o'zini ko'rsatgan yigitlardan jamoasida etarlicha o'yin amaliyoti ololmayotganlarini "Olimpik"ga taklif qilib, jamoani kuchaytiramiz. Ularni ushbu jamoada birlashtirib, "Olimpik"ni kuchliroq qilishga harakat qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика