So’nggi yangiliklar

13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  0 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  8 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  3 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  2 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4

Timur Kapadze: "Futbolchi o'zini jilovlay olmasa, uni terma jamoaga chaqirmayman" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Futbolchi o'zini jilovlay olmasa, uni terma jamoaga chaqirmayman"

Coca Cola Superligasining 9-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin qiziqarli ruhda bo'ldi. Biz g'alabaga yaqinroq edik. Ikkala jamoa ham yaxshi harakat qildi. O'yin kurashlarga boy bo'ldi. Yo'l qo'ygan xatolarimiz ustida ishlaymiz. 


- "Olimpik" birinchi bo'limni yaxshi boshlab, gol ham urdi. Ikkinchi bo'limda esa butkul o'zgardi, zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilar uchrashuv tempini pasaytirib yubordi.

- Birinchi bo'limni yaxshi boshladik. Hakam bazi vaziyatlarda yaxshi qaror chiqarsa bo'lardi. Qaysidir vaziyatda raqib futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatsa bo'lardi. Ikkinchi bo'limda charchoq alomati sezildi. O'zgarishlarni ertaroq qilishimiz kerak edi. Biroq vaziyatlar uchun kuch topa oldik. Raqibda ikki taymda ham vaziyat yuzaga keldi. Menimcha, durang o'yinga mos bo'ldi. Bunaqa o'yin tepiga tushish qiyinchilik tug'diradi. Ikkinchi bo'limda qarshilik etarlicha bo'ldi. 


- Jamoa so'nggi 6 ta uchrashuvda 3 ta gol urdi. Bu jamoaning muammosimi?

- Mashg'ulot jarayonalarida ushbu jihat ustida ish olib bormoqdamiz. Hujumchi bir nechta o'yinda gol urmasa, o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotadi va gol urishga bir oz qiynaladi. Ushbu holatni to'g'irlaymiz va ushbu masalani hal qilish bo'yicha ish olib bormoqdamiz. Avvalari o'yinlarda 2-3ta gol urardik. Hozir bu borada muammoga duch kelmoqdamiz. 


- Ruslan Jiyanovning jismoniy holati haqida nima deya olasiz?

- Ha, muammo bor. Lekin men unga sovuqqonlik etishmayotganini sezyapman. U taktik, texnik, jismoniy jihatdan ham kuchli futbolchi. Hali u o'z holatini yaxshilashiga ishonaman. Bunday muammo butun hujum chizig'idagi futbolchilarda mavjud.


- Futbolchilar "Bunedkor" o'yinchilari tomonidan "provokaciya"ga uchrashi mumkin edi. Ushbu holat futbolchilar bilan o'yin avvalida gaplashib olganmidingiz?

- Biz "Bunyodkor" jamoasi o'yinini tahlil qilib chiqdik. Mavsum boshidanoq yigitlarimiz ko'p qizil kartochklar olishdi va etarlicha hulosa chiqarishdi deb o'ylayman. Bunday vaziyatlarda yigitlar o'zini sovuqqon tutishi kerak. Birinchi navbatda, qizil kartochka futbolchilarga zarar, ular o'yinni o'tkazib yuboradi va jamoani og'ir ahvolga solib qo'yadi. Olimpiya terma jamoasiga jalb etiladigan futbolchilarga buni uqtirganman. Futbolchi o'zini jilovlay olmasa, uni terma jamoaga chaqirmayman. Sababi, muhim o'yinda u provokaciyaga uchrab, maydondan chetlatilishi mumkin. SHogirdlarim bundan xabardor.


- "Olimpik" posbonidan ko'nglingiz to'lyaptimi?

- Men o'tkazib yuborilgan golni ko'rmadim. Himoyachimiz o'sha vaziyatda xato qildi, menimcha. Umuman olganda, bu normal holat. Hali shogirdlarim tajribaga ega bo'lishi kerak. Ular rivojlanib bormoqda. Bizning vazifamiz ularga imkoniyat berish. Bugun rahbariyat va mehmonlar ham tashrif buyurgandi. Bunday bosim ostida o'ynash oson emas.


Oqil Abdubarnoev yozib oldi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика