So’nggi yangiliklar

16:40U-19 чемпионати. "Пахтакор" финалда "Насаф" билан рўбарў келмоқда  1 16:29"Бухоро" – "Нефтчи" учрашувидаги четлатиш тўғри қарорми? Суперлиганинг 28-туридаги ҳакамлик таҳлили  2 16:07"Барселона" ёзда "Боруссия Д" ҳимоячиси билан шартнома имзолашга ҳаракат қилади  0 15:40Меҳди Ҳошимнажот: "Кўпчилик Миср финалга чиқади деб ўйлаганди"  5 15:13Суперлига. 29-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  9 14:53Меҳди Моҳеби: "Умид қиламанки, CAFA турниридаги ҳолат такрорланмайди"  3 14:36Вирц ёзда "Реал"га ўтадими?  1 14:08Парротт Ирландия терма жамоасининг ноёб ўйинчисига айланди  2 13:39U-19 чемпионати. "Машъал" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, 3-ўринни қўлга киритди  1 13:21Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука"  20 12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  0 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  5 12:10Самуэле Инасио: "Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати мен учун мундиал олдидан тажриба бўлди"  2 11:50Ўзбекистонлик ҳакамлар Бразилия – Франция учрашувида ишлайди  4 11:20МЮ Харри Магуайр бўйича якуний қарорга келди  4

Timur Kapadze: "Fayzullaev, Husanov, Erkinov va Yo'ldoshevning Osiyo kubogida ishtirok etishi so'roq ostida" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Fayzullaev, Husanov, Erkinov va Yo'ldoshevning Osiyo kubogida ishtirok etishi so'roq ostida"

"Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze O'zbekiston Superligasi 4-tur doirasidagi "Neftchi" (1:0)ga qarshi bahsdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Butun jamoani g'alaba bilan tabriklayman va o'ylaymanki bunga haqli ravishda erishdik. Yigitlar yaxshi o'ynashdi va oxirigacha harakat qilishdi. Terma jamoadan kelganimizdan so'ng ushbu o'yinga tayyorgarlik ko'rishga ikki kun vaqtimiz bo'ldi. Yigitlar esa professional. Umuman olganda, "Neftchi"ga qarshi qiyin o'yin bo'lishini kutgandik, ammo yigitlar o'yinda va kurashlarda yaxshi o'ynashdi", — deya so'z boshladi Kapadze.


— Statistikaga qaraydigan bo'lsak "Olimpik" hali "Neftchi"ga yutqazmagan: yoki g'alaba yoki durang qayd etgan. Nima deb o'ylaysiz, Farg'ona jamoasi siz uchun qulaymi yoki bunga sabab jamoalarning darajasimi?

— Qulaymi yoki yo'q, buni aytolmayman. Ammo, chempionatda oson o'yin yo'q va barcha bilan uchrashuvlar qiyin o'tmoqda. Bir ochko uchun ham maydonda kurash kechmoqda. Albatta, statistika biz tomonda. Ular bilan Pro-ligadan boshlab o'yinlar o'tkazganmiz va bu Superligada ham davom etmoqda. Umuman yigitlar Superliganing boshqa etakchilariga qarshi ham yaxshi o'yin ko'rsatishadi. Aytmoqchimanki, faqatgina "Neftchi"ga qarshi bunday ishtiyoq bilan o'ynamaymiz, boshqalar bilan ham shunday. Albatta, "Neftchi" bu yil, umuman oldingi yillarda ham etakchilardan biri bo'lib kelmoqda va ularga qarshi o'ynash biz va yigitlarga ham katta motivaciyadir.

— "Olimpik" ikkinchi bo'limda birinchisiga qaraganda ko'proq hujumlar uyushtirdi, bu "Neftchi"ga ham tegishli, ammo farg'onaliklarning hujumlari zarbagacha etib bormadi. Umuman olganda, "Olimpik" kerakli joyda xarakter ko'rsata oldi. SHu haqda nima deya olasiz?

— Ilk bo'limda ikki jamoa ham tetik bo'lgani uchun unchalik katta bo'shliqlar bo'lmadi deb o'ylayman. Butun o'yin davomida "Neftchi"ga zarba berish va vaziyat yaratishga imkon bermadik, bu himoyachilarimizning yaxshi o'ynaganidan dalolat beradi. Yigitlar esa bo'shliqlardan yaxshi foydalanishdi, ayniqsa ikkinchi bo'limda. Yigitlarga birinchi bo'limda raqib himoyachilarini holdan toydirganimiz sabab ikkinchi bo'limda xato bo'lishini va uni kutishni aytdim. Ko'rganingizdek, bu yuz berdi va g'alabaga erishdik. Biz bundan xursandmiz.



— Yaqinda olimpiya terma jamoasi Qatarga yo'l oladi va tarkib borasiza bir qarorga keldingizmi? Fayzullaev va Husanovning jalb etilishi borasidagi yakuniy muzokaralar qanday kechmoqda?

— Tayyorgarlikni 2 aprelda boshlaymiz va 6 aprelga qadar shu erda bo'lamiz. Undan keyin Dubayga bir haftaga yo'l olamiz va o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. SHundan so'ng Dohaga boramiz. Hozircha tayyorgarlikni legionersiz davom ettiramiz. Nafaqat Fayzullaev va Husanov, balki Erkinov va Yo'ldoshevning ishtiroki ham so'roq ostida. Bunga sabab FIFA kunlari emasligi va ularda o'sha paytda tur o'yinlari bo'lib o'tishidir. Hozircha muloqot qilgan holda harakat qilyapmiz, ammo bir nima deyish qiyin. Albatta, ularning kelib jamoamizni kuchaytirishga umid qilamiz. Sababi bu vatan jamoasi va ularning bari bunga tayyor. Bunday o'yinchilarga ega bo'lish har bir murabbiy uchun muhim.




Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика