So’nggi yangiliklar

13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  2 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  0 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  22 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  13 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  12 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  24 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3

Timur Kapadze: "Bugungi g'alaba "Paxtakor" bilan kubok uchrashuvidan oldin qo'shimcha ishonch berdi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Bugungi g'alaba "Paxtakor" bilan kubok uchrashuvidan oldin qo'shimcha ishonch berdi"

Pro liganing 21-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Nurafshon" (5:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ushbu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Turnir jadvalidan ham olib qaralganda ham muhim o'yinligi ko'rinib turgandi. Boz ustiga anchadan beri g'alaba qozona olmayotgandik. Safardagi uchrashuvlar qiyin bo'ldi. Qaerdadir omad yoki tajriba etishmadi.  "Neftchi" va "Dinamo" kuchli jamoalar hisoblanadi. Tarkibida tajribali futbolchilar ko'p. O'ylaymanki, yigitlar bugun yaxshi harakat qildi. Raqibni zaif nuqtalarini bilib gol urishdi. Ular bu natijaga loyiq edi",- deydi Timur Kapadze.

- "Olimpik" bugun "Nurafshon"ni mag'lubiyatga uchratib  "Dinamo"ni Superligaga olib chiqdi. Ayni paytda jamoangiz uchinchi o'ringa ko'tarildi. Superligaga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Menimcha,  uchinchi o'rin uchun kurash "Nurafshon" va bizning o'rtamizda bo'ladi. Oldinda o'yinlar bor. Hozir biror narsa deyish qiyin. Yaxshi o'yin ko'rsatib, kerakli natijaga erisha olsak, pley-offda o'ynaymiz. Bunda Superliga jamoasi bilan to'qnash kelamiz. Bu yigitlarga tajribasini oshirish uchun imkoniyat. Bu har tomonlama yaxshi. Pley-offda hamma narsa bitta uchrashuvda hal bo'ladi. Har bir o'yin biz uchun sinov hisoblanadi. SHunday o'yinlar orqali ishonchni orttirishadi. 

- O'zbekiston kubogida "Paxtakor" bilan o'yindan oldin bugungi g'alaba qay darajada tasir ko'rsatadi?

- Bizga "Paxtakor" tushganidan bir tomondan xursandmiz. Raqibimiz O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri. Ularga qarshi munosib o'ynashga harakat qilamiz. Uzoq vaqtdan beri g'alaba qozona olmayotganimiz uchun bugungi g'alaba ishonch berdi, deya olaman. Bu bizga qo'shimcha kuch bag'ishladi. Kubok o'yinida munosib to'p tepishga harakat qilamiz. Hamma narsa maydonda hal bo'ladi.

- Bekzod SHamsievning holati bo'yicha malumot bersangiz. U qachon tayyor bo'ladi?

- Umuman olganda, uning holati yaxshi. U umumiy guruhda mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Balki keyingi uchrashuvga tayyor bo'lishi mumkin. Lekin tavakkal qilmayapmiz. SHasmiev hali to'liq tayyor emas. Buni biz ham kutmoqdamiz. Hozir ukol bilan maydonga chiqish paytimas. SHoshilish talab qilinmaydi. Uning o'rnida boshqa futbolchilarga imkoniyat beramiz. Men uchun barcha birdek.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика