So’nggi yangiliklar

18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  0 18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  1 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  3 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  40 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  5 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6

Timur Kapadze: "Alaniya" Norchaevga ruxsat berdi. CSKA Fayzullaevni qo'yib yubormadi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Alaniya" Norchaevga ruxsat berdi. CSKA Fayzullaevni qo'yib yubormadi"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kecha U-23 Osiyo kubogi saralashidagi ishtirokini ijobiy natija bilan yakunladi.

Endilikda vakillarimiz oldida yana bir katta musobaqa Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari kutmoqda. Terma jamoa ustozi Timur Kapadze musobaqaga boradigan tarkib xususida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

— Osiyo o'yinlariga keladigan bo'lsak, yoshi katta futbolchilardan foydalanmaymiz. Bilasiz, bu turnirga bir yil oldin ro'yxat beriladi. Kengaytirilgan ro'yxatdan 50-60 nafar futbolchi o'rin oladi. 2001 va undan kichik yoshdagilar jalb qilingan. Kengaytirilgan ro'yxatdagilarni chaqiramiz. 3 nafar darvozabon va 19 nafar futbolchi bo'ladi. Tarkib deyarli aniq. Ibrohimhalil masalasida Sergey Yuran bilan gaplashyapmiz. CHunki "Pari NN"da zaxirada o'tiribdi. O'yin amaliyoti kam. Agarda kechgacha hal bo'lsa, olib ketamiz. "Alaniya" Husayn Norchaevga ruxsat berdi. Ruslan Jiyanov ketayotgan paytda Osiyo o'yinlariga chaqirishni shartnomaga kiritganmiz. Bu borada muammo yo'q. Nasib qilsa, Osiyo o'yinlariga 16 sentyabr kuni uchib ketamiz. 

— Abduqodir Husanov ro'yxatda bo'lmaydi. CHunki hamma legionerlarga xat yubordik. Javob olmadik. CSKA esa Fayzullaevni qo'yib yubormaydigan bo'ldi. Umaralida ham xuddi shunday holat. 

— Osiyo kubogi aprel oyida bo'ladi. Afsuski, faqat milliy terma jamoalar FIFA kunlarida rasmiy o'yinlar o'tkazadi. Qolgan yosh jamoalarida bunga etibor qaratishmaydi. Husanov va legionerlar borasida muammoga duch kelishimiz mumkin. O'ylaymanki, muhim pallada vatan uchun yordam berishadi. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика