So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Timur Hakimov: “Neftchi”dagi faoliyatimdan ko'nglim to'lmadi” Yangiliklar

Timur Hakimov: “Neftchi”dagi faoliyatimdan ko'nglim to'lmadi”

Bundan bir necha yil oldin muxlis va mutaxassislar tomonidan kelajagi porloq o'yinchi deya etirof etilgan Timur Hakimov oliy ligada bir maromda o'ynab keta olmayapti.

Hujumkor yarim himoyachi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini “Neftchi”da o'tkazdi. Farg'onada Vadim Abramov unga katta ishonch bilan qaradi. Ammo negadir Timur u erda asosiy tarkib azosi bo'lishga qiynaldi. Yaqinda u bilan bog'lanib, shu haqda so'radik.

- Timur, o'tkan mavsumning ikkinchi qismini oliy ligada o'tkazdingiz. “Neftchi”dagi faoliyatingiz xususida nima deysiz?
- Jamoaga bosh murabbiy Vadim Abramov taklif etgach, albatta u erga ulkan niyatlar bilan borgandim. O'z o'yinlarim bilan jamoaga foyda keltirib, yutuqlariga hissamni qo'shish uchun xarakat qildim. Lekin “Neftchi”da o'tkazgan yarim mavsumimni tahlil qiladigan bo'lsam, rosti faoliyatimdan u qadar ko'nglim to'lmadi. CHunki jamoa autsayderlar qatoridan o'rin oldi. Biz futbolchilar bu vaziyatdan olib chiqib keta olmadik. Albatta bunda o'zimni ham qaysidir manoda aybdor deb bilaman.

- Yaqinda “Neftchi”ni butunlay tarqalib ketdi degan xabarni o'qigan bo'lsangiz kerak?
- Ha, saytda ko'rdim. Bu haqda har kim o'z fikrini bildirmoqda. Bilmadim kim nima deydi. Lekin men shuni aytishim mumkinki, “Neftchi” butunlay yo'q bo'lib ketmaydi. Axir jamoa o'z tarixi va o'rniga ega. Menimcha endi jamoa yangitdan tashkil topsa kerak.

- O'zingiz “Neftchi”dagi faoliyatingizni davom ettirasizmi yoki yana jamoani o'zgartirasizmi?
- 31 dekabr kuni jamoa bilan tuzgan shartnomam o'z kuchini yo'qotdi. Fikrimcha endi u erda boshqa o'ynamasam kerak.

- Kelgusi rejalar qanday?
- Bu borada hozircha aniq bir to'xtamga kelmadim. Yaqin orada keyingi taqdirimga to'liq oydinlik kiritiladi degan umiddaman.

- Takliflar bo'lyaptimi?
- Hozircha biror bir klubdan aniq taklif olganim yo'q. Lekin taklif bo'lishiga umid qilaman.  

- Hozirgi sport formangiz qay darajada? Yana super-ligada o'ynashga tayyormisiz?
- Tan olaman, ayni damda sport formam yuqori darajada emas. Lekin har kuni o'z ustimda ishlab, ideal darajaga chiqishga xarakat qilyapman. Bugungi kunda optimal formaga kirib borish uchun Toshkentda “Oq-tepa” jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etyapman. Menimcha har bir futbolchi super-ligada o'ynashni xohlaydi. SHu jumladan men ham bu yil yana super-ligada bo'lishni istayman.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика