Til bilmaslikning oqibati (Erkin fikr)
27 mar 2014 11:59
Yangiliklar

Til bilmaslikning oqibati (Erkin fikr)
Kecha Sidneydagi “Opera House”da Osiyo Kubogi-2015 musobaqasiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Guruhimizdan kimlar o'rin olganini bilib oldik. O'zbekiston termasi “B” guruhbda KXDR, Xitoy va Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi. Kechagi marosimni internet orqali onlayn tarzda kuzatdim. Zalga yig'ilganlar orasida Mirjalol Qosimovni ham 3-4 marta ko'rsatib o'tishdi. Leikn negadir Asqar Tolibjonov ko'rinmadi.
Marosimda Avstraliya termasining sobiq darvozaboni Mark Bosnich boshlovchilik qilgani ko'pchilikning hayratiga sabab bo'ldi. Agar u sahnaga chiqib kelayotganda ekranda ism-familiyasini yozishmaganida to'g'risi, men uni tanimagan bo'lardim. CHunki Bosnich ancha o'zgarib, binoyidek shoumenga o'xshab qolibdi.
Avstraliya – odamlari INGLIZ tilida gaplashadigan mamlakat. SHuning uchun marosimning boshidan oxirigacha hammasi ingliz tilida bo'ldi. Qura boshlanishidan oldin kim so'zga chiqmasin, hamma o'z fikrini hech qanday tarjimonsiz inglizchada bildirdi. Bahraynlik SHayx Salmon (OFK prezidenti) inglizcha gapirdi, iroqlik Yunus Mahmud (terma jamoa sardori) ham inglizcha tiniq gapirdi.
Xullas, qura ajoyib tarzda o'tkazildi. OFK rasmiy saytida ishlaydigan hamkasblarimiz Osiyo chempionatiga bag'ishlab maxsus sayt ham ochishibdi. Sayt nomi: www.afcasiancup.com. Kecha kechki mahal shu saytda murabbiylarning quradan keyingi fikrlari chiqdi (mana shu manzilda).
Ammo ne ko'z bilan ko'raylikki, saytda terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning qura borasidagi fikri berilmagan. SHuningdek, KXDR termasi bosh murabbiyining ham fikrlari yo'q, lekin unga izoh tariqasida MURABBIY QUR'AGA KELMADI deb yozib qo'yilgan. Ammo Qosimov bordi-ku! Nega u erda hozir-u nozir bo'lgan muxbirlar Qosimovdan o'sha erning o'zida shartta fikr olishmadi?
Menimcha, buning sababi bitta: Avstraliyadagi jurnalistlarning ruscha tushunmasligi, Qosimov bilan Tolibjonovning esa inglizcha bilmasligi. Atrofga bir qarang, Osiyo mintaqasida hamma ingliz tilini o'rganmoqda. Biz ham OFKda o'z o'rnimizga ega bo'lishimiz uchun shu tilni o'rganishimiz shart. Masalan, o'tgan yil Mirabror Usmonov OFK idorasiga borib SHayx Salmon bilan muloqot qilganida albatta tarjimon xizmatidan foydalangan bo'lishi kerak. Balki Avaz Berdiqulov tarjimonlik qilgandir, balki Sanjar Rizaev. Bunisi endi bizga qorong'u.
Aytaylik, kechagi quraga Mirjalol Qosimovning borishi shart edi, lekin Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov bormasa ham bo'lardi. Undan ko'ra, inglizchani biladigan Sanjar Riazev yoki Baxtiyor Mametov olib ketilganida, o'ylaymizki, jurnalistlar tarjimon yordamida bo'lsa ham Qosimovdan intervyu olishgan va saytga berilgan bo'lardi.
Malumki, OFKning elit hakamlar ro'yxatidan joy olish uchun hakamlar oldiga ingliz tilini o'rganish shart qilib qo'yilgan. SHu bois SHerzod Qosimov, Naim Qosimov singari OFK nazariga tushayotgan yosh hakamlar allaqachon til o'rganishni boshlab yuborishgan. Ermatov, Kovalenko, Ceytlin singari top referilar esa yaxshigina bilishadi. Ammo nima uchun murabbiy va futbolchilarimiz bunga harakat qilishmayapti? Bizda o'z fikrini inglizchada bemalol bayon qila oladigan birorta murabbiy bormi? Menimcha, yo'q bo'lsa kerak. Masalan, kechagi quradan keyin Qosimovning til bilmasligi uning fikrlari berilmaganidan malum. Bu masalaga jiddiy qaramasak bo'lmaydi. CHunki chet tilini o'rganish zamon talabi bo'lib qoldi.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar