So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  9 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  4 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

TFA "Lokomotiv" tasarrufiga o'tdi, har ikki tomon o'rtasida memorandum imzolandi Yangiliklar

TFA "Lokomotiv" tasarrufiga o'tdi, har ikki tomon o'rtasida memorandum imzolandi

Yosh iqtidor egalarini tarbiyalab, shu orqali o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shishni maqsad qilgan Toshkent shahar futbol akademiyasi (TFA) "Lokomotiv" PFK tasarrufiga o'tdi.

Bugun TFA rahbari Iskandar Anarkulov klubimiz ofisiga tashrif buyurib, "Lokomotiv" PFK bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov bilan uchrashdi va mazkur uchrashuv samarasi o'laroq har ikki tomon o'rtasida memorandum imzolandi. 

Bu nima degani? Endilikda Toshkent shahar futbol akademiyasidan etishib chiqadigan yoshlar birinchi navbatda "Lokomotiv" ko'rigida bo'lib, eng iqtidorlilar "temiryo'lchilar" safiga qabul qilinadi. Bu orqali yosh futbolchilar "Lokomotiv" futbol klubida faoliyatni davom ettirish imkoniga ega bo'lishadi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 04.12.2019 yildagi PF-5887-sonli "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga ko'ra, futbol akademiyalarning zamonaviy usulda ish olib borishi hamda professional futbol klublari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishi alohida belgilab qo'yilgan. 

SHuni inobatga olgan holda Toshkent shahar futbol akademiyasining "Lokomotiv" PFK tasarrufiga o'tganini har ikki tomon uchun foydali tanlov desa bo'ladi. O'zbek futbolida "Lokomotiv" klubining o'z o'rni borligini etiborga olsak, juda ko'pchilik yoshlar aynan shu jamoa safida to'p tepishni xohlaydi. Tomonlar o'rtasida tuzilgan memorandum esa yoshlarning keyinchalik katta klubda faoliyat olib borishiga imkon beradi.

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda "Lokomotiv" PFKga qarashli "Lokomotiv" bolalar va o'smirlar maktabi bilan bir qatorda poytaxtimizning CHilonzor" tumanida "Lokomotiv Kids", Sergeli tumanida "Lokomotiv Smart" filiallari ham faoliyat yuritmoqda. Birgina "Lokomotiv" futbol maktabining o'zida 600 nafarga yaqin bolalar va o'smirlar futbol sir-asrorlarini o'rganmoqda.

"Lokomotiv" PFK shuningdek, iqtidorlarga boy Odil Ahmedov futbol akademiyasi bilan ham o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Yana bir yangilik shuki, joriy yil yakuniga qadar Yashnobod tumanida joylashgan TAPOiCH stadioni to'liq tamirdan chiqarilib, "Lokomotiv" PFKga topshiriladi hamda ushbu stadiondan maktabimiz tarbiyalanuvchilari foydalanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика