So’nggi yangiliklar

22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   0 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  2 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  4 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  11 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   3 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   2 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  1 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  18 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Termuxo'ja Abduxoliqov: “Lokomotiv”ga jon kuydirib muxlislik qilyapman” Yangiliklar

Termuxo'ja Abduxoliqov: “Lokomotiv”ga jon kuydirib muxlislik qilyapman”

Qatarning “Al Sayliya” klubi kecha ichki chempionatda “Al Garafa”ga qarshi bahs olib bordi va 3:2 hisobida irodali g'alaba qozondi.

Ushbu bahsda “Al Sayliya” jamoasi safida to'p tepgan Temurxo'ja Abduxoliqov o'z nomiga 2 ta golni rasmiylashtirib qo'ydi. Uchrashuv haqida hujumchi o'z fikrlarini bildirdi.

“Al Garafa”ga qarshi uchrashuv juda ham og'ir o'tishini oldindan bilib turgandik. Juda qiyin bo'lgan o'yinda muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik. Birinchi o'yinda ham ikkinchisida ham deyarli barcha gollarimda omadim kelmoqda, deb o'ylayman. Nima bo'lganda ham kerakli bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Jamoamga foyda keltirganimdan xursandman. 

Men bilan birga ushbu jamoada to'p tepayotgan Sanjar SHoahmedov 60 daqiqadan so'ng maydonga tushirilmoqda. Nima uchun bunday bo'layotganini o'zim ham tushinmayapman. Bu holat menga yoqmayapti. Sanjar bilan bir vaqtda maydonda harakat qilsak ancha yaxshi o'yin ko'rsatamiz. To'g'ri, turnir jadvalidagi o'rnimiz havas qilarlik darajada emas. Men bunday o'rinlarda yurishga o'rganmaganman. 

CHempionat yakunlanguniga qadar yana 3 ta o'yin bor. Ushbu bahslarning barchasida iloji boricha g'alaba qozonishimiz kerak. Bu yin men uchun ham klub uchun ham omadsiz o'tmoqda. Bunday o'rinlarda yurish yoqimsiz holat. Eng asosiysi chempionatda yanada yuqoriroq o'ringa chiqib olishimiz kerak. Baribir OCHL musobaqasida ishtirok etish boshqacha. “Lokomotiv”ning OCHL musobaqasidagi barcha uchrashuvlarini tomosha qilyapman. Sobiq jamoamga muxlislik qilib, ushbu klub uchun jon kuydiryapman, xuddi o'zimiz o'ynayotgandek”, - deydi “Al Sayliya” klubi futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqov.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика