So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  25 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Terma jamoamizning o'yinoldi mashg'uloti Yangiliklar

Terma jamoamizning o'yinoldi mashg'uloti

Bugun “Jar” stadionida O'zbekiston va Ummon milliy terma jamoalari o'rtasida xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Xabaringiz bor, Olmaliqda o'tkazilgan birinchi uchrashuvda terma jamoamiz 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHunday ekan, muxlislar xursand bo'lishi uchun bugun g'alaba qozonmasak bo'lmaydi.

Navbatdagi bahsda terma jamoamiz o'zining kuchli tarkibi bilan to'p surishi kutilmoqda. Kecha “Jar” stadioniga borib, futbolchilarning o'yinoldi mashg'ulotini kuzatdik.Aytish mumkinki, barchaning kayfiyati yuqori va hamma o'yinga shay. Jarohat tufayli bugun Sanjar Tursunov maydonga tusha olmaydi. Lekin qolgan futbolchilar bahsga tayyor.

Kechagi mashg'ulotda birgina Tursunovni hisobga olmaganda qolgan hamma qatnashdi. Olmaliqdagi o'yinda asosiy tarkibda harakat qilgan futbolchilar kecha alohida chigalyozdi mashqlarini bajarishdi. Ular to'p bilan deyarli ishlashmadi hisob. Qolgan futbolchilar bilan esa mashg'ulotni bosh murabbiy Mirjalol Qosimovning o'zi o'tkazdi. Aytgancha, kechagi mashg'ulotda yordamchi murabbiy Baxtiyor Ashurmatov ko'rinmadi. Bizga malum bo'lishicha, Ashurmatov hozir “Barkamol avlod” sport musobaqalarining ochilish marosimi tufayli Namanganda bo'lib turibdi.

Terma jamoamizning o'yindan oldingi mashg'uloti bir soat davom etdi. Mashg'ulot odatdagidek engil mashqlar bilan boshlandi. Futbolchilar dastlab “kvadrat” o'ynashdi, keyin maydonnning yarmida ikkiga bo'linib futbol o'ynashdi va mashg'ulot oxirida darvoza tomon jarima zarbalarini amalga oshirishdi. Bugungi o'yinda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxati:

Ignatiy Nesterov, Eldor Suyunov, Vitaliy Denisov, Viktor Karpenko, Jasur Hasanov, Maksim SHackix, Vladimir Kozak, Anzur Ismoilov, SHavkat Mullajonov, Ulug'bek Baqoev, Islom To'xtaxo'jaev, Igor Sergeev, Diyor Turopov, Fozil Musaev, Sardor Rashidov, Navro'z Olimov, Sardor Sobirxo'jaev, Odil Ahmedov, Oleg Zoteev.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика