So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

Terma jamoa. Malayziya mag'lub qilingan bahsda kimlar debyut qildi? Yangiliklar

Terma jamoa. Malayziya mag'lub qilingan bahsda kimlar debyut qildi?

O'zbekiston bosh jamoasining Malayziyaga qarshi 6-o'yini nihoyasiga etdi:

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston Ammanda Malayziyani yirik hisobda taslim qildi

Oldingi beshtasida bo'lgani kabi yana zafar quchdik. Yigitlarimiz o'zaro o'yinlardagi to'plar nisbatini 24:3 ko'rinishiga keltirib qo'yishdi.

Etiborli jihati, mazkur bahs 4 nafar futbolchi uchun milliy jamoamiz libosidagi debyutga aylandi. Bugun AGMK posboni Valijon Rahimov, "Nasaf" vakillari Dilshod Saitov va Husayn Norchaev, BATE vingeri SHohboz Umarov terma jamoada o'ynash masuliyatini 1-marta his qilib ko'rishdi.

SHuningdek, Husayn Norchaev, Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Azizbek Amonov terma jamoa tarkibida ilk bor gol urishdi.

Dostonbek Hamdamov terma jamoa libosida ilk dublini rasmiylashtirgani bilan yodda qoldi. Bundan tashqari, u terma jamoa safida deyarli 1 yillik tanaffusdan keyin gol urganini ham alohida takidlash kerak. 

Doston so'nggi bor o'tgan yilning noyabr oyida Iroq terma jamoasi darvozasini ishg'ol qilgandi. Bugun Hamdamov 2021 yildagi 2 va 3-gollarini urgani ham ahamiyatli. "Xatta" tarkibida 1 ta gol urib, Toshkentga qaytgan futbolchining "Paxtakor"dagi ishlari yurishmayotgan edi.

Husniddin Aliqulov bugun milliy jamoada 3-o'yinini o'tkazdi. Etiborli jihati, termamiz "Nasaf" himoyachisi o'ynagan 3-bahsda ham zafar quchdi. 

Azizjon G'aniev deyarli 1 yillik tanaffusdan keyin yana terma jamoa safida maydonga tushdi. "SHabab Al Ahli" xavbekining oxirgi o'yini o'tgan yilning noyabr oyida o'tgan Srechko Katanec boshchiligidagi Iroqqa qarshi bahs bo'lgandi (1:2).

Bugun maydonga tushgan futbolchilarimizdan transfer bahosi eng yuqorisi Eldor SHomurodov hisoblanadi. Transfermarkt portali "Roma" forvardini 7 mln evroga baholamoqda. Malayziya bilan o'yinda harakatlanganlar orasida transfer qiymati eng past futbolchimiz esa Valijon Rahimov edi. AGMK golkiperi 250 ming evroga baholangan.

17 gol, antirekord va Superliga yo'llanmasi — 20-tur haqida

Muallif :
Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика