Ter SHtegen: "Selta"ga qarshi bahsdagi to'rtinchi gol - to'liq mening aybim"
03 okt 2016 10:33
Yangiliklar
Ter SHtegen: "Selta"ga qarshi bahsdagi to'rtinchi gol - to'liq mening aybim"
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen "Selta"ga qarshi La Liganing 7-tur uchrashuvida o'z darvozasidan o'tkazib yuborgan to'rtinchi gol uchun uzr so'radi.
"Biz oxirigacha kurashdik, ammo oxirgi gol - mening aybim. Yuzaga kelgan vaziyat uchun jamoadan uzr so'rayman. Xordiga pas bermoqchi edim. Agar o'sha paytda to'g'ri qaror qabul qilganimda, biz g'alaba qozongan bo'lardik. Ernandesning goli - faqat mening aybim.
Sodir bo'lgan voqeaga qaramasdan, o'yin uslubimni o'zgartirmoqchi emasman. Bu bir marta yuz berdi. Biz alamli mag'lubiyatga uchradik, ammo olg'a yurishda davom etishimiz kerak. Endi terma jamoalar o'yini tufayli tanaffus bo'ladi, keyin avvalgi yo'lga qaytishga urinib ko'ramiz" - deydi darvozabon.
O’xshash yangiliklar
23:40
Andrey Shipilov: "Yigitlarga shunday chiroyli maydondan g'alabasiz chiqib keta olmaymiz dedim" 2
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar