Ten Xagga MYUda transferlar uchun 100-150 million evro ajratiladi
25 apr 2022 23:49
Yangiliklar
Ten Xagga MYUda transferlar uchun 100-150 million evro ajratiladi
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag tarkibni kuchaytirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
"ESPN" xabariga ko'ra, unga yozdagi transferlar uchun 100-150 million evro atrofidagi mablag' ajratilishi mumkin. Undan tashqari, futbolchilarning sotuvidan tushadigan pullarning bir qismi ham yangilarni olib kelish uchun ishlatilishi kutilmoqda.
Ayni damda mankunianliklar Erik Bayi, Fil Jons, Aleks Telles, Aaron van-Bissaka va Antoni Marsyal borasidagi takliflarni o'ylab ko'rishga tayyor turibdi. Undan tashqari, Nemanya Matich, Pol Pogba, Jessi Lingard, Xuan Mata, Edinson Kavani kabi futbolchilar erkin agent sifatida jamoadan ketadi. Darvozabon Din Xenderson ham jamoadan ketish istagini bildirgan.
Hozirda klub kamida bir hujumchi va bir markaziy himoyachi olib kelishga harakat qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar