Ten Xag: “Noprofessionallik”
06 mar 2023 08:25
Yangiliklar
Ten Xag: “Noprofessionallik”
SHarmandali mag'lubiyatdan keyin “qizil iblislar” ustozi Erik ten Xag o'z fikrlarini bildirdi.
“O'ylashimcha, ilk taymni munosib o'tkazdik. Tanaffusgacha o'yin borasida bitta xatoga yo'l qo'ydik.
2-taymda esa o'zimizga o'xshamadik. Bu standartlarimizga mos emas. Jamoa sifatida o'ynamadik. Bu noprofessionallik. Jahlim chiqdimi? Ha, shubhasiz.
Bu meni hayron qoldirdi, chunki oxirgi haftalar va oylarda bu jamoa bardoshli hamda g'oliblikka chanqoqligini ko'rgandim. Ikkinchi bo'limda esa bizda g'alaba ruhi yo'q edi. Rejaga amal qilmadik, o'z ishimizni bajarmadik. Javob qaytarmadik va bu haqiqatan ham noprofessionallik edi.
O'tmishdagi xatolardan keyin o'nglana olishimizni ko'rdik: “Brentford”, “Man Siti”ga uchralgan mag'lubiyatlar. Albatta, bu jiddiy muvaffaqiyatsizlik, bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Hafsalam pir bo'ldi va darg'azabman.
Bu reallikni anglash. Buni qabul qilishimiz lozim”, deydi ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar