Ten Xag bir necha nashrlarga o'zi ishtirokidagi matbuot anjumanlarida savol berishni taqiqladi
26 apr 20:47
Yangiliklar
Ten Xag bir necha nashrlarga o'zi ishtirokidagi matbuot anjumanlarida savol berishni taqiqladi
Murabbiy jurnalistlarning "Koventri"ga qarshi o'yindan keyingi reportajlaridan norozi.
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag matbuot anjumanida The Sun, Manchester Evening News va The Mirror nashrlarining savollariga javob berishdan bosh tortdi. Bunga ushbu OAVlarning "Koventri"ga qarshi o'yindan keyingi tanqidiy materiallari sabab bo'lgan. Ten Xag bu chiqishlarni hurmatsizlik deya baholagan. "SHeffild"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida esa o'sha nashr jurnalistlariga savol berishga ruxsat berishmadi.
Malumot uchun, dekabr oyida to'rtta jurnalist ten Xag haqidagi insaydlar sabab klub tomonidan taqiqqa uchragandi.
Fikrlar