Temurxo'ja Abduxoliqov Xorvatiyada gol urgan birinchi o'zbekistonlik futbolchi!
29 mar 2014 08:46
Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov Xorvatiyada gol urgan birinchi o'zbekistonlik futbolchi!
Xorvatiya oliy ligasida faoliyat olib borayotgan Temurxo'ja Abduxoliqov kecha chempionatdagi dastlabki golini urishga muvaffaq bo'ldi.
Splitning "Xayduk" klubi o'z maydonida "Zadar"ni qabul qilib 3:1 hisobida zafar quchdi. O'yinda to'liq harakat qilgan Temurxo'ja Abduxoliqov 15-daqiqada hisobni ochdi. Bu o'zbekistonlik futbolchilar orasida Xorvatiya chempionatida urilgan dastlabki gol bo'lib tarixda qoladi.
"Xayduk" 28 uchrashuvdan 55 ochko to'plab musobaqa jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda. Klub keyingi bahsni 6 aprel kuni "Rieka"ga qarshi safarda o'tkazadi.
"Xayduk" - "Zadar" 3:1
Gollar: T.Abduxoliqov 15, A.Maglica 47, 75 - Tadich 65

Fikrlar