So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Temur Turdiev: “Haqiqatdan ham “Orol”da moliyaviy muammolar bor” Yangiliklar

Temur Turdiev: “Haqiqatdan ham “Orol”da moliyaviy muammolar bor”

Teglar :  OrolTemur Turdiev
Birinchi liga qatnashchisi Nukusning “Orol” jamoasida bu yil ham moddiy tomondan qiyinchiliklar bo'lmoqda.

Jamoa o'tgan haftada vodiyga, “Cementchi” bilan bahsga 11 nafar futbolchisi bilan tashrif buyurgani ham xolatning qay darajada ekanligidan dalolatdir. Jamoaning mahoratli o'yinchilaridan biri Temur Turdiev bilan suhbatlaganimizda, uning o'zi ham moliyaviy muammolar bir talay ekanligini kuyunib gapirib berdi.

- O'zingiz ham bilsangiz kerak, ayni paytda moliyaviy muammolar birgina “Orol”da emas balki u kabi ko'plab klublarda ham mavjud. Ha, afsuski bizning jamoada bu muammo o'ta keskinlashib ketmoqda. O'tgan hafta Quvasoyga 11 nafar futbolchi bilan borganimiz rost. Moliyaviy imkoniyatimiz shunga majbur qilib qo'ydi. Balki bu gaplarim kimlargadir yoqmas. Jamoamiz uchun biriktirilgan maxsus homiy tashkilotlar bor. Ammo ulardan pul tushishi cho'zilib ketmoqda. SHunga qaramay mahalliy futbolchilar klub shani uchun har bir bahsda astoydil o'ynab, osonlikcha taslim bo'lishni istamayapti. Buning uchun ularga rahmat aytsak arziydi. Tekinga o'ynab yurgan bo'lsada, maydonda borini beradi.

- Ko'pchilik o'ylashi mumkin, 8-9 oydan buyon oylik maosh olmasdan yurgan futbolchilar oilasini qanday boqadi deb. Gap shundaki, “Orol”da asosan Nukuslik futbolchilar o'ynaydi. Oilasi bor bo'lgan o'yinchilarga qo'shimcha ish sifatida bolalar futbol maktabidan ish berilgan va ular o'sha erda bolalarga millionlar o'yinining ilk saboqlarini berib boradi. Oila qurmagan yoshlar esa ko'plari oliy talim dargohlarida tahsil oladi. To'g'risi, har birimiz uchun “Orol”da o'ynash ikkinchi ish bo'lib qolgan.

- Endi keyingi turlarda safardagi bahslarga boramizmi yo'qmi oldindan bir narsa deyish qiyin. Hammasini o'sha vaqt kelganda ko'ramiz. Balki keyinchalik hammasi yaxshi bo'lib ketar.

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика