So’nggi yangiliklar

08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  0 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  9 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21

Temur Kapadze: “Terma jamoada eng kuchlilar va munosiblar o'ynaydi. Imkoniyat hammaga bir xil beriladi” Yangiliklar

Temur Kapadze: “Terma jamoada eng kuchlilar va munosiblar o'ynaydi. Imkoniyat hammaga bir xil beriladi”

Saudiya Arabistonida o'tkazilgan Osiyo chempionati saralash bahslaridan so'ng, O'FA Otabek G'ulomxo'jaev va uning murabbiylar shtabini istefoga chiqargandi.

Temur Kapadze esa yoshlar terma jamoasining yangi murabbiyi etib tayinlandi. SHu munosabat bilan, uning ixtiyoridagi jamoa azolari 24 dekabrdan etiboran Toshkentda mashg'ulotlarga kirishishdi. Xo'sh unga yaqindan kim ko'maklashadi? Yig'inning birinchi kuni qanday o'tdi? SHu kabi savollarga javob olish maqsadida Temur Kapadzega murojaat qildik.

- Ushbu yoshdagi terma jamoani qabul qilib olganingizga ko'p bo'lmadi. Dastlabki yig'in siz uchun ham, futbolchilar uchun ham tanishuv vazifasini o'tashi tabiiy...
- Yilning ohirida futbolchilarni yig'ishga qaror qildik. Birinchi o'rinda ular bilan yaqindan tanishmoqchi bo'ldim, kuchli tomonlarini bilgim keldi. SHuning uchun birinchi kunlardan katta o'zgarishga qo'l urmadim. Tarkibga ohirgi saralash bosqichida qatnashgan futbolchilarni jalb etdik. Real olib qaraganda, har bir oyda yig'in tashkil qilishni mo'ljallaganmiz. CHunki, Osiyo chempionatiga qadar vaqt kam. To'qqiz oy qolgan bo'lsada, o'yinchilar muntazam biz bilan birga bo'lishmaydi. Faqat, bir oyda bitta yig'ilganimizda rejalarimizni maksimal darajada amalga oshirib olishimiz kerak.



- Futbolchilar bilan maqsad va talablaringiz, istaklaringiz borasida gaplashib oldingizmi?
- Albatta. Birinchi kundan gaplashib, kelishib oldik. Ulardan maqsadlari nima ekanligini so'radim. Barcha chempionlik uchun kurashishini baralla aytishdi. Musobaqa o'zimizda o'tadi, oson bo'lmasligini tushunib turishibdi. Buning uchun qattiq mehnat qilish, yuqoriga intilish darkor. 29 dekabr kuniga qadar tayyorgarlikni davom ettiramiz, taktik hamda jismoniy taraflama ishlaymiz. Nazariy mashg'ulotlarda ko'rsatmalar beramiz.

- Murabbiylar shtabida sizga kim yaqindan yordam beradi? O'zingiz uchun aniqlab oldingizmi?
- Ha. Hammasi aniq bo'lgan. Denis Krasnichenko men bilan birga avval ham ishlagan. “Bunyodkor” akademiyasida 2001 yilda tug'ilgan bolalarga ustozlik qilgan. Ikkinchisi Sergey CHigodaev, u ham Krasnichenko kabi klub akademiyasida 2002 yilda tavallud topgan bolalarni murabbiyi hisoblanadi. Yoshlar terma jamoasidagi aksariyat o'yinchilar uning qo'lidan chiqqan.

- Keyingi yig'inlarda yana yangi nomlarni uchratshimiz mumkinmi?
- Ha. Terma jamoada doim eng kuchli futbolchilar bo'ladi. Hammaga bir hil imkoniyat beriladi. Yil davomida tarkib o'zgaraveradi. Kim qanday formada bo'lishiga bog'lik ko'p narsa. Bu yig'inga taklif etilmagan o'yinchi, keyingi yig'inda sinab ko'riladi. Oktyabr oyida turnir bo'lib o'tsa, usha vaqtdagi kuchli va munosib bo'lganlar yakuniy tarkibdan joy oladi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика