So’nggi yangiliklar

13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. "Қайрат"га кимлар келади?  0 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  2 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  41 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  5 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  3 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  12 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0

Tekin final yoxud "Istiqlol" stadionidan FOTOGALEREYA Yangiliklar

Tekin final yoxud "Istiqlol" stadionidan FOTOGALEREYA

Ayni paytda Farg'ona, xususan "Istiqlol" stadionida finalga taraddud boshlangan.

Bir guruh ishchi xodimlar stadionni tozalash va finalga tayyorlash bilan bandlar.

"CA" xodimlari finalni yoritish maqsadida Farg'onaga etib borishdi FOTO

Stadion mamuriyatining xabar berishicha, ertangi final o'yiniga 17 mingdan oshiq chiptalar chiqarilgan va tekinga tarqatilmoqda.

O'zbekiston kubogi FINAL uchrashuvi chiptalari TEKINga tarqatilmoqda! O'zbek futbolidagi mavsumning eng asosiy o'yiniga kirish TEKIN! Albatta, bu kishini ranjitadi. O'zbek futboli qadrsizlanayotgandek tuyulmoqda. CHiptani hamyonbop, arzonroq qilib sotsa va tashkiliy taraflama ishga to'g'ri yondoshilsa etarli. SHunda muxlislarning o'zi futbolimizga yog'ilib keladi.

Mahsulotni chiroyli andoza qilib, unga bezak bera olish haqiqiy zargarlikka teng. SHundagina o'sha mahsulotga minglab haridor topiladi.

Biz muxlislarni tekin chipta tarqatib emas, chiroyli reklama orqali jalb etishimiz lozim.

Aynan shu jihat kishi dilini ranjitmoqda.


Umuman olganda finalga bo'lgan etibor nihoyatda past darajada.



Umid qilamizki, ertaga farg'onalik haqiqiy futbol ishqibozlari va har ikkala jamoa muxlislari stadionga kelib mavsumning eng muhim uchrashuvini tomosha qilishadi.

To'g'ri, hozir finalning haqiqiy reklamasi va unga bo'lgan etiborni kerakligicha bera olishmayapti. Ammo, haqiqiy o'zbek futbolining fidoiy ishqibozlari ertangi finalni bezashda o'z ulushlarini qo'shishadi, degan umiddamiz.

Bizning futbol hali o'yinga chiptalarni tekin qiladigan darajada tushib ketmagan! Tushib ketmaydi ham! O'zbek futbolining o'z o'rni va yaxshigina mavqei bor. SHunchaki, ishga to'g'ri yondoshuv va professionallik bilan darajani yanada yuqoriga ko'tarish mumkin.

Biz uchun o'zbek futboli har qanday evrofutbol yoki "Real" va "Barselona"ning o'zaro to'qnashuvidan ko'ra muhimroq! Aslida shunday bo'lishi ham shart!



Final oldi va o'yin atrofidagi voqea xodisalar haqida yana birozdan so'ng batafsilroq to'xtalib o'tamiz.

Ijodiy guruh bilan hozirgina Toshkentdan to'g'ri Farg'onadagi "Iqtiqlol" stadioniga keldik. Birozdan so'ng har ikkala jamoalar murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani va o'yinoldi rasmiy mashg'ulotlar bo'lib o'tadi.


SHahboz Beg'amov

Suratlar muallifi: Jahongir Fayzullaev


Malumot uchun, "Istiqlol" stadioni projektorlari 1200 lyuks.





Reyting: +2   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика