So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari Yangiliklar

Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.
Oliy Liga
 Metallurgga qarshi 22-tur uchrashuvida tirsagi bilan raqibining qorniga zarba bergani va oyog'i bilan tepishga harakat qilgani uchun maydondan chetlatilgan Bunyodkor himoyachisi Xayrulla Karimov 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

 Bunyodkorga qarshi 22-tur uchrashuvida oyog'i bilan raqibiga haddan ortiq kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan Metallurg yarim himoyachisi Doniyor Odilov 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

 Bunyodkorga qarshi 22-tur uchrashuvidan so'ng hakamlar brigadasiga noroziligini bildirgani uchun Metallurg bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov jarimaga tortildi.

 22-turdagi Navbahor - Paxtakor uchrashuvidan so'ng janjal keltirib chiqargan Navbahor murabbiyi Mustafo Bayramov va Paxtakor murabbiyi Drajen Dukich jarimaga tortildi.

 22-turdagi Navbahor – Paxtakor uchrashuvi yakuniga etganidan so'ng, maydonga Namangan klubining uch nafar ishqibozi yugurib chiqqani munosabati bilan, Navbahor PFK o'z fan-klubi bilan tarbiyaviy suhbat o'tkazishi va ko'rilgan choralar yuzasidan rasmiy javobni taqdim etishi shart.

Yoshlar Birinchiligi
Qizilqumga 20-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Dinamo himoyachisi Saddam Boymamatov 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

 Metallurgga qarshi 22-tur uchrashuvida muxlislar shaniga haqoratli ishora qilgani uchun maydondan chetlatilgan Bunyodkor hujumchisi Aleksandr Xamxodera 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

 Olmaliqga qarshi 22-tur uchrashuvida o'yin qoidalarini qo'pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan Dinamo hujumchisi Murod Rajabov 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Birinchi Liga
O'z-Dong-Juga qarshi ikkinchi bosqich 8-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Mashal-2 hujumchisi Sardor Abduraimov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

 SHo'rtanga qarshi ikkinchi bosqich 9-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi sabab maydondan chetlatilgan O'z-Dong-Ju yarim himoyachisi Ulug'bek Usmonov 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

 O'z-Dong-Juga qarshi ikkinchi bosqich 10-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan Mashal-2 darvozaboni SHerzodbek Abduraimov 4ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

 Oqtepaga qarshi ikkinchi bosqich 10-tur uchrashuvida raqibi shaniga nomaqul fikrlarni bildirgani uchun maydondan chetlatilgan SHerdor himoyachisi Jasur Qurbonov 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

 Zominga qarshi ikkinchi bosqich 11-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Paxtakor-2 himoyachisi Nodirbek Yuldashev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

 Istiqlolga qarshi ikkinchi bosqich 12-tur uchrashuvida qoidalarni qo'pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan Zomin yarim himoyachisi Suhrobjon Sarimsoqov 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика