Tartib-intizom qo'mitasi nomaqbul hatti-harakatlarni amalga oshirgan "Navbahor" vice-prezidenti ishini ko'rib chiqadi
28 sen 2023 12:15
Yangiliklar
Tartib-intizom qo'mitasi nomaqbul hatti-harakatlarni amalga oshirgan "Navbahor" vice-prezidenti ishini ko'rib chiqadi
"Navbahor lochinlari" futbol klubi vice-prezidenti Otabek Samatov Coca Cola Superligasi 19-turidan joy olgan "Andijon"ga qarshi uchrashuv yakunida nomaqbul hatti-harakatlarni amalga oshirgan.
"Liga komissarining bildigisi asosida uning ishi O'FA Tartib-intizom qo'mitasiga oshiriladi.
Andijondagi "Bobur Arena" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida mehmonlar vice-prezidenti Liga komissarining ogohlantirishiga qaramay, uchrashuv rasmiylari ko'z o'ngida noto'g'ri hatti-harakatlarni amalga oshirgan. SHundan kelib chiqib, bugun bo'lib o'tadigan "Navbahor" – "Turon" o'yini vaqtida Otabek Samatov texnik zonaga kiritilmaydi.
Malumot uchun, Otabek Samatovga nisbatan O'FA Tartib-intizom qo'mitasining 2023 yil 21 iyuldagi qarori asosida uchrashuv rasmiylariga nisbatan haqoratli so'zlar ishlatgani uchun jarima intizom chorasi qo'llanilgandi", – deyiladi O'zPFL xabarida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar