Tarixiy natija qayd etgan Tojikiston futzal terma jamoasiga kattagina mukofot puli beriladi
27 apr 14:15
Yangiliklar
Tarixiy natija qayd etgan Tojikiston futzal terma jamoasiga kattagina mukofot puli beriladi
Tojikiston futbol Federaciyasi rahbari Rustam Emomali futzal bo'yicha Tojikiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtirokini munosib rag'batlantirdi.
Futzal bo'yicha Tojikiston terma jamoasi yarim finalga chiqdi va o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. TFF rahbari Rustam Emomali terma jamoaga umumiy 100 ming dollar mukofot puli ajratishga qaror qildi.
Tojikiston terma jamoasi kecha yarim finalda musobaqa mezboni Tailandga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi va 3-o'rin uchun bahsda ishtirok etadigan bo'ldi. Etiborlisi bu bahsda Tojikistonga O'zbekiston raqiblik qiladi.
Fikrlar