So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  1 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   2 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  17 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

Tarixda ilk bor yoxud bir mavsumda to'rtta jamoa bilan shartnoma tuzgan futbolchi haqida Yangiliklar

Tarixda ilk bor yoxud bir mavsumda to'rtta jamoa bilan shartnoma tuzgan futbolchi haqida

Futbol qoidalariga ko'ra, bir mavsumda biror futbolchi nari bora ikki jamoada o'ynay olishi mumkin.

Yani chempionat avvalida birinchi jamoasi bilan shartnoma tuzsa, yozgi transfer oynasida u jamoadan ketib, ikkinchi klub bilan bitim imzolashiga ruhsat beriladi. 

Ammo yaqinda o'zbek futbolida ilk bor, bir mavsumning o'zida to'rtta jamoa bilan shartnoma tuzgan futbolchini uchratdik. Albatta bu etiborga molikdir. Hozircha Superligada o'ynash imkoniyatiga ega bo'lmayogan Ahror O'ktamov yil boshida Farg'onaning “Istiqlol” jamoasi bilan shartnoma tuzib, O'zPFL ro'yxatidan o'tkazilgandi. Lekin ushbu jamoa birinchi davra nihoyasiga etmasdan PRO-Ligada ishtirok etishdan bosh tortdi. Keyin jamoaning futbolchilarga o'sha vaqtning o'zida  O'zPFL boshqa klublar bilan shartnoma tuzib, bemalol o'ynashlariga ruhsat berdi. Markaziy himoyachi sifatida o'ynab kelayotgan O'ktamovga Toshkent viloyatining “Rubin” klubidan chorlov bo'ldi. SHundan so'ng 25 yoshli futbolchi o'yin amaliyotsiz qolib ketmaslik maqsadida birinchi liga klubi bo'lsa ham “Rubin” taklifini qabul qildi. Afsuski ushbu jamoaning ham ishtiroki mavsum so'nggiga qadar davom etmadi. Klubni yangi qabul qilib olgan tadbirkor kishilar qisqa fursat ichida kutilmaganda g'oyib bo'lishdi. SHundan so'ng jamoani ushlab turgani etarli mablag' topilmagach, “Rubin” jamoasi ham yopildi. 

Ahror O'ktamovning navbatdagi manzili esa Zomin bo'ldi. Birinchi liganing doimiy ishtirokchisi bo'lib kelayotgan “Zomin” jamoasi mudofaa chizig'idagi raqobatni kuchaytirish maqsadida andijonlik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. Jamoa rahbariyati O'ktamov bilan yil so'nggiga qadar shartnoma tuzib, xatto O'zPFL ro'yxatidan o'tkazishga ulgurgan bir paytda futbolchiga qo'shni Tojikiston klubidan jiddiy chorlov bo'ldi. Medallar uchun kurash olib borayotgan “Istaravshan” jamoasi O'ktamovga ko'rikdan o'tishlarsiz, tayyor shartnoma taklif qildi. O'z omadini sinab ko'rish maqsadida Ahror “Zomin” rahbariyati bilan maslahatlashgan xolda, ularning roziligini olib, ilk bor legioner sifatida faoliyatini boshlab yubordi. 

Kecha Tojikiston chempionatida ham ikkinchi davra o'yinlariga start berildi. “Istaravshan” jamoasi o'z maydonida “Eskxata”ni qabul qilib, yirik – 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvda O'ktamov 80-daqiqa xarakat qildi. 

SHu tariqa Ahror O'ktamov joriy mavsumdagi o'zining to'rtinchi jamoasi safida debyutini muvaffaqiyatli o'tkazdi. O'ylaymizki, bu uning 2021 yildagi oxirgi jamoasi bo'lib qoladi. Bunday xolat ilgari o'zbek futbolida sira yuz bermagani etiborga molikdir. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика