Tarix yozishda davom etamiz! Bugun O'zbekiston OTJ Olimpiya o'yinlarida debyut bahsida maydonga tushadi
24 iyu 07:21
Yangiliklar
Tarix yozishda davom etamiz! Bugun O'zbekiston OTJ Olimpiya o'yinlarida debyut bahsida maydonga tushadi
Bugun o'zbek futbolida tarixiy kun.
O'zbekiston OTJ terma jamoasi Olimpiya o'yinlaridagi debyut o'ynini o'tkazadi. Raqib — Ispaniya!
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da “Park de Prens” stadionida start oladi.
Uchrashuvni esa afrikalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Beida Dahane (Mavritaniya), unga qanotlarda Jerson Santos (Angola) va Stefan Yiembe (Keniya) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Dryuv Fischerga (Kanada) topshirilgan. Lahlo Benbraham (Jazoir) esa VARda faoliyat olib boradi.
Fikrlar