So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

“Taqdirimga “Andijon”da o'ynash nasib qilgan ekan” yoxud Suhrob Berdievning yangi jamoasi haqida fikrlari qanday? Yangiliklar

“Taqdirimga “Andijon”da o'ynash nasib qilgan ekan” yoxud Suhrob Berdievning yangi jamoasi haqida fikrlari qanday?

Mavsumni “Yangier-quruvchi”da boshlagan tajribali hujumchi Suhrob Berdiev davralar oralig'ida jamoasini almashtirdi.

Futbolchi “Andijon” klubi bilan shartnoma imzoladi. SHundan keyin u bilan bog'lanib, fikrlariga quloq tutdik.

- Yangi jamoaga o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Hammasi oddiy amalga oshdi. Klub menga taklif bilan chiqdi. Aslida qishda ham taklif bo'lgan va jamoa bilan birga edim. Keyinchalik u erdan ketib qolgandim. Yozgi transfer vaqtida yana chaqirishdi. Taqdirimga baribir “Andijon” safida o'ynash yozilgan ekan, keyinchalik bo'lsa ham jamoa bilan shartnoma imzoladim. 

- SHartnoma muddati qanchaga mo'ljallangan?

- Hozircha yil oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdim. Xudo xohlasa, jamoa oldiga qo'yilgan vazifani bajarsak, keyinchalik rahbariyat bilan kelishuvni yana uzaytirish borasida gaplashib ko'rishimiz mumkin. 

- Qishda jamoa bilan birga edingiz. Keyinchalik nima sababdan ketib qoldingiz? Viktor Kumikov sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Juda yaxshi mutaxassis. Viktor Balyutich qishda yuz bergan tushunmovchiliklarni esdan chiqarib, men yaxshi kayfiyatda qabul qilib oldi. Tushunmaganlarimni o'rgatib bormoqda. Hozirda hammasi juda yaxshi.

- “Andijon”ning Superligaga qaytish imkoniyatini qanday baholagan bo'lardingiz?

- Xudo xohlasa, imkoniyatlarimiz juda yaxshi deb o'ylayman. Oldinda turgan bahslarda ijobiy natijalar qayd etmoqchimiz. O'ylaymanki, jamoa bilan Superligaga qaytish vazifasini uddasidan chiqamiz. 

- Mavsumning birinchi qismini “Yangier” klubida o'tkazdingiz. U erdagi faoliyatingiz borasida nimalarni ayta olasiz?

- U erda hammasi yaxshi bo'ldi deya olaman. To'g'ri, mavsumning boshida biroz qiyin bo'ldi. Natijalarimiz ham yaxshi bo'lgani yo'q. Keyinchalik sekin-asta ochkolarni qo'lga kiritdik. O'yinimdan ham qoniqish hosil qila boshlagandim. SHu o'rinda “Yangier” jamoasi rahbari, murabbiylari, muxlislariga o'z minnatdorchiligimni bildaman. Jamoaning ikkinchi davradagi o'yinlariga faqat omad tilayman.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика