So’nggi yangiliklar

22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  1 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  0 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  2 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  1 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  1 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  9 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0

Tansoqchi Muhammad Saloh hayotidagi bir qancha voqealarni aytib berdi Yangiliklar

Tansoqchi Muhammad Saloh hayotidagi bir qancha voqealarni aytib berdi

Muhammad Salohning shaxsiy qo'riqchisi Karim Abdu o'z ishining nozik tomonlarini tushuntirib berdi.

"Umuman olganda, biz sovg'alarni qabul qilmaymiz, lekin bazida ularni odamlardan olishga majbur bo'laman, shunda narsalarni albatta skanerlashim kerak. Hech qachon ichida nima borligini bilmaysiz. Bu unda qandaydir kassallik chaqirishi yoki o'ldirishi mumkin, siz aniq bilolmaysiz.

U arvohdek yuradi, ko'rish qiyin. Bir kuni u masjidga namoz o'qishga bordi. Uning qaerda yashashini hech kim bilmasdi, biroq qaytib ketayotganda kimdir uni kuzatib, WhatsApp guruhiga: "Muhammad Saloh falon manzilda yashaydi" deb xabar qoldirgan. Besh daqiqa ichida uning uyiga 20 mingga yaqin odam etib kelgan.

Odamlar o'z tilaklarini qog'ozga yozib, unga berishadi, chunki ular u barcha muammolarini hal qiladi deb o'ylashadi. U bemorlarni davolash uchun millionlab pul to'lagan, shaharga tez yordam mashinalari sotib oladi, kimnidir to'y xarajatlarini ko'taradi, kimnidir jarrohlik amaliyoti uchun pul sarflaydi va muhtojlarga yordam beradi", – dedi Abdu.

Eslatib o'tamiz, Muhammad Saloh 2017 yilning yozidan buyon "Liverpul" safida to'p tepib kelmoqda. U mersisaydliklar safida 315 ta o'yin o'tkazib, 192 ta gol va 83 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика