So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  0 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Tanishing: “Cementchi” jamoasi uy stadioni Yangiliklar

Tanishing: “Cementchi” jamoasi uy stadioni

Teglar :  Cementchi
Birinchi liga klublari orasida stadionlari borasida maqtana oladiganlari juda kam. O'sha kamlarining biri Quvasoydagi “Cementchi” stadionidir.

Bir necha yillik tanaffusdan keyin yana ligaga qaytgan Abdumalik Hakimov jamoasi haqida bir yangilik. Malum bo'lishicha, rahbariyat kelasi yil klub oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan. Demak, 2016 yil ham oliy ligaga chiqadigan jamoalar soni 2tadan ko'p bo'ladi. Tabiiyki, 2tadan ko'p bo'lsa, kurash ham biroz qiziydi. Aytgancha, rahbariyat agar bajarishning iloji bo'lsa, shu yilning o'zidayoq oliy ligaga chiqaveringlar, debdi. Lekin bu bajarib bo'lmas vazifa bo'lsa kerak. Sababi, “poezd ketib bo'ldi”. Qolaversa, “Cementchi” 4-turda “Xorazm”ga yutqazib, o'ta muhim ochkoni yo'qotdi. Peshqadamlar orasidagi ochkolar farqi sezilarli darajada katta. Endi ularga etib olish oson emas. SHu bois, oliy liga haqida kelasi mavsum haqida o'ylaysa bo'laveradi. Buning yana bir yaxshi jihati shuki, Abdumalik Hakimov bu yil jamoani shakllantirib, kelasi mavsum bemalol yo'llanma uchun kurashishlari uchun etarlicha tajriba to'plashadi.



Endi stadion haqida. “Cementchi” raqiblarini qabul qiladigan stadion “Farg'ona cement” akcionerlik jamiyatiga qarashli. Stadionning nomi ham “Farg'ona cement”. Tabiiy chim qoplamali maydonning o'lchami 105x65 metr uzunlikda. O'yingohning ikki tomonida muxlislar bemalol o'yinni kuzatishlari uchun tribuna joylashgan. Bir tarafdagi tribunaning tom qismi yopilgan. Malum bo'lishicha, kelasi yil darvozalar ortiga ham tribuna qurilar ekan. CHunki Quvasoyda azaldan futbol bo'lgan, ishqibozlar millionlar o'yinini chin dildan yaxshi ko'rishadi. SHuning uchun ham rahbariyat jamoa oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ymoqda. Aytgancha, jamoa o'z bazasiga ham ega bo'ldi. Buyog'iga futbolchilar stadion biqida qurib bitkazilgan zamonaviy bazada istiqomat qilib, o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishlari mumkin bo'ladi. Quvasoyda muxlislar futbolni yaxshi ko'rganliklarini etiborga olgan rahbariyat o'z bag'riga 3500 ishqibozni sig'dira oladigan stadionni kirishni bepul qilib qo'ygan.

Vaholanki, birinchi liganing ko'plab stadionlaridan farqli ravishda “Farg'ona cement”da mazza qilib futbol ko'rish uchun etarlicha sharoit yaratilgan. Har holda bu o'z vaqtida jamoa oliy liga ishtirok etgani bilan bog'liq bo'lsa kerak. Albatta, stadionning umumiy holatini ayni vaqtda oliy ligada ishtirok etayotgan klublarning zamonaviy o'yingohlari bilan solishtirib bo'lmaydi, lekin birinchi liga talablariga bemalol javob bera oladi. Futbolchilarning echinish-kiyinish xonalari ham talab darajasida. Xullas, aytganimizdek, “Farg'ona cement” birinchi liganing eng oldi stadionlaridan biridir. Aytgancha, stadionda projektorlar ham bor. Agar talab qilinsa, jamoa uchrashuvlarni bemalol kechki salqinda o'tkazishlari mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика