So’nggi yangiliklar

01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  1 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  3 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  5 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  14 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  5 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  22 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0

"Taktikani o'zgartirganimiz "Navbahor"ga qiyinchilik tug'dirdi" - murabbiylardan 1-tur iqtiboslari Yangiliklar

"Taktikani o'zgartirganimiz "Navbahor"ga qiyinchilik tug'dirdi" - murabbiylardan 1-tur iqtiboslari

"Qizilqum" - "Lokomotiv", "Metallurg" - AGMK uchrashuvlari bilan Superliganing 1-turiga yakun yasaldi.

Biz esa o'tgan mavsum yakunida boshlagan  "tur iqtiboslari" ruknimizning yangi yildagi ilk sonini havola qilamiz. Bunda o'tgan turda murabbiylar tomonidan aytilgan fikrlar haqida so'z boradi. 

Yaypanda kechgan vodiy derbisida "Neftchi" penaltidan urilgan gol evaziga 1:0 hisobida g'alabani tantana qildi. Uchrashuvdan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov hakamlik borasida quyidagicha fikr bildirdi.

"Bugun saviyasi baland hakamlar ishladi. VARda ko'rib chiqib, shunday xulosaga kelishdi. Vaziyatni ko'rmasdan turib, bir nima deya olmayman. Allohga shukrki, bugun g'alaba qozondik". (s) Ilhom Mo'minjonov


Mag'lubiyatni qabul qilib olgan "Qo'qon-1912" ustozi Baxtiyor Ashurmatov yo'qotilgan uch ochkoda hakamlarni aybdorlamasligini aytdi. 

"Mag'lubiyatimizga hakam aybdor deb aytolmayman. Yutqazdikmi, demak, yutqazdik. Yutuq uchun etarlicha harakat qila olmadik deb hisoblaymiz va yo'qotilgan ochkolar o'rnini keyingi turlarda to'ldirishga intilamiz". (s) Baxtiyor Ashurmatov


SHu kuni Toshkentda "Olimpik" Termizning "Surxon" klubini qabul qildi. Yoshlardan iborat poytaxt klubi bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida tarkibga legioner jalb qilinmagani haqidagi savolga ochiq javob berdi. 

"Bizga legionerning keragi yo'q. Maqsadimiz bunday o'yinlar orqali tajriba olish. Osiyo chempionati turibdi, Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz kerak. O'zimizning yigitlar legionerlardan ham yaxshi harakat qiladi". (s) Timur Kapadze


O'z navbatida "Surxon"ning yangi ispaniyalik murabbiyi Anxel Lopes o'zbek futboli bilan tanishish jarayoni borasida fikrini bildirib o'tdi. 

"O'zbekistonga kelgunimga qadar ko'p malumotlarga ega emasdim. Bundan tashqari ispaniyaga yosh mutaxassislar kelganda tanishgandik. Qolaversa, "Al SHabab"da ishlaganimda Aziz Haydarov to'p tepgan. U orqali ko'p malumotlarni bilib olgandim. Mening telefonimda hali ham uning kontakti bor. Har kuni qo'ng'iroq qilib maslahatlashib turamiz". (s) Anxel Lopes


1-turning markaziy uchrashuvi Namanganda bo'lib o'tdi. Biroq o'yin kutilganidek shiddatli tus olmadi. "Navbahor"ning bosh murabbiyi Samvel Babayan muxlislar haqiqiy "Navbahor"ni qisman ko'rishganini takidladi. 

Muxlislar bugun "Navbahor-2022"ni faqat qisman ko'rishdi. Birinchi taymdagi dastlabki 20 daqiqa va uchrashuvning oxirgi 35 daqiqasida.  Bu yil qiziqarli chempionat bo'ladi, deb o'ylayman". (s) Samvel Babayan


"Nasaf" Superligani safarda qo'lga kiritilgan bir ochko bilan boshladi. SHu kuni stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar ajoyib muhit yaratishdi, deya olamiz. "Ajdarlar" nimaning evaziga ochko olishni uddasidan chiqdi? 

"Bizning asosiy taktikamiz 4-3-3, bu taktikada Bozorov, Nurulloev o'ynaydi. Ammo Superkubokda shu taktikada o'ynadik va o'yinimiz u qadar yaxshi chiqmadi. SHu bois bugun taktikani o'zgartirdik, Turkiyada "Navbahor" vakillari barcha o'yinimizga borishdi va obdon o'rganishdi. Taktikani o'zgartirganimiz "Navbahor"ga qiyinchilik tug'dirdi." (s) Ro'ziqul Berdiev


AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Metallurg"ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin hujumchilar haqida gapirar ekan, jamoaga katta hissa qo'shib kelayotgan Zafar Polvonovga insoniylik tomondan hurmat ko'rsatilganini gapirdi. Mutaxassisning ushbu so'zlari tahsinga loyiqdir. 

"Zafar Polvonovni jamoadan ketkazish insoniylik jihatdan noto'g'ri bo'lardi. U jamoa uchun mehnat qilgan, faoliyatini shu erda yakunlamoqchi. SHu bois, u ham jamoada qoldi. Bu ish bugun bor, ertaga yo'q. Lekin inson hamisha inson bo'lib qolishi kerak. Polvonovga boshqa jamoalardan takliflar bo'ldi, lekin u rad etdi. Uch hujumimiz bor ekan, boshqa o'yinchi sotib olishga zarurat tug'ilgani yo'q". (s) Mirjalol Qosimov  



Dastlabki turdan so'ng murabbiylarning yana qaysi fikrlari etiboringizni tortdi? 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика