So’nggi yangiliklar

22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  20 22:00ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  66 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  16 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  3 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  175 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  20 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  15 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23

Taktika yoki omad? "Andijon" sardori Qarshidagi g'alabaga izoh berdi Yangiliklar

Taktika yoki omad? "Andijon" sardori Qarshidagi g'alabaga izoh berdi

Teglar :  "Andijon" "Nasaf"
"Andijon" jamoasi Superliganing ilk turida Qarshida "Nasaf" maydonidan g'alaba bilan qaytdi.

Mazkur o'yindan so'ng jamoa himoyachisi Ildar Mamatkazin fikrlarini bildirib o'tdi. "Burgutlar" sardori qo'lga kiritilgan uch ochkoni quyidagicha izohladi. 

- "Nasaf" maydonida "Andijon"ning omadi keldimi yoki o'yinga tanlangan reja ish berdimi?

- Avvalo Andijon xalqini g'alaba bilan tabriklayman. Ha, ko'pchilik imkoniyatlarimizni past baholagandi. Lekin to'g'ri tanlangan taktika ish berdi. Murabbiyimizning ko'rsatmalarini bajardik. Qolaversa, omad ham biz tomonda bo'ldi. Eng asosiysi uzoq yo'l bosib kelgan muxlislar daldasi katta yordam berdi, deb o'ylayman. Ularga rahmat aytmoqchiman. 

- Hammaga  "bosh og'riq" bo'lishi aytilayotgan "Andijon" isbotlashni boshladimi? Balki hali eyforiyaga berilishga ertami?

- To'g'ri. Eyforiyaga berilish kerak emas. To'xtab qolmasdan o'yindan o'yinga kuchayib borishimiz lozim. Bizda asosiysi jamoa bor. Muhim qurolimiz biz bir oilamiz. Yana aytib o'tishim kerak, "Andijon" kuchli  murabbiyga ega. 

- O'z vaqtida "Nasaf"da o'ynagansiz. Jamoa o'zgarganmi?

-  "Nasaf" O'zbekistondagi eng kuchli jamoalardan biri. "Nasaf" ancha o'zgargan. Yildan-yilga o'sishga erishgan. Men o'ynagan vaqtimda Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, SHerzod Nasrullaev o'rinbosarlar tarkibida to'p tepardi. Bugun ular etakchi futbolchilar. Menga 4-raqamdagi himoyachisi yoqdi. Husniddin Aliqulov. U kelajakda Evropada o'ynashi kerak.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика