So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12

Tailandagi faoliyati, “Nurafshon”dan tushgan taklif va faoliyatini yakulashni istamayotgan Artyom Filiposyan bilan suhbat Yangiliklar

Tailandagi faoliyati, “Nurafshon”dan tushgan taklif va faoliyatini yakulashni istamayotgan Artyom Filiposyan bilan suhbat

Xabaringiz bor, tajribali himoyachi Artyom Filiposyan bugungi kunda Tailand birinchi ligasi ishtirokchisi “Muangkan Yunayted”da to'p tepmoqda.

 Xo'sh, futbolchimizning ushbu jamoadagi faoliyatini qanday kechmoqda. SHu borasida u bilan suhbatlashdik.

- Tailandga kelishinigizdan avval O'zbekiston jamoalaridan taklif tushmadimi?

- O'zbekistonda bulganimda menga ikki klubdan jiddiy taklif tushdi. Hozirda ularning nomlarini oshkor qilish to'g'ri emas. Sababi men hozirda Tailandda to'p tepmoqdaman. Taklif bilan chiqqan jamoalardan biri bilan kelishib qo'ygandim. Faqatgina, chetdan taklif bo'lsa, meni qo'yib yuborishlarini so'ragandim. SHu orada Tailand birinchi ligasi ishtirokchisidan taklif bo'ldi va shu erga keldim. O'zbekistonda kelishib qo'ygan jamoa bilan nasib qilsa kelasi yil to'p tepishim mumkin. To'g'risi, uch yildan buyon uydan yiroqda o'ynamoqdaman. Oilam bilan ko'p vaqtimni o'tkaza olmadim.

- Eshitishimizcha, sizga “So'g'diyona” va “Nurafshon” jamoalari taklif bilan chiqqan. SHu rostmi?

- To'g'risi, “So'g'diyona” menga taklif bilan chiqqani yo'q. Yil boshida esa “Nurafshon”dan taklif bo'ldi. U vaqtda esa men Tailand Superligasi azosi “Prachuap” bilan shartnoma imzolab qo'ygandim. SHu o'rinda “Nurafshon”ga taklif bilan chiqqani uchun minnatdorchilik bildiraman.

- Nima uchun Tailand birinchi ligasi jamoasi taklifiga rozilik bildirdingiz?

- Bu mamlakat chempionatida to'p tepish menga maqul bo'ldi. Bu qaysi liga bo'lishidan qatiy nazar, shu erda o'ynash istagi borligi tufayli ham “Muangkan Yunayted”ning taklifiga rozilik berdim.



- Jamoa siz uchun barcha sharoitlarni yaratib berganmi?

- Albatta. Alohida yashashim uchun kvartira va mashina bergan. Bundan tashqari, barcha sharoitlarni yaratib berishgan. Nolishga haqqim yo'q.

- Siz Indoneziyaning “Persikabo” jamoasi bilan shartnomangiz bor edi. Qandaydir sabablar tufayli u jamoa bilan shartnomani bekor qildingizmi?

- Pandemiya boshlanganidan keyin bir yarim yil davomida Indoneziyada fubll musobaqalariga ruxsat berilgani yo'q. Hattoki, mashg'ulotlar ham o'tkazilmay qo'yildi. Bu vaqt davomida esa jamoalar legionerlarga 25 foiz maosh berishdi. SHu sababli ko'plab futbolchilar shartnomalarni bekor qilishdi. Qolaversa, o'yin amaliyotisiz o'tirishdan mano yo'q edi. SHu tomonlarini hisobga olgan holda Indoneziya jamoasi bilan shartnomamni bekor qildim.

- Tailand birinchi ligasida ham yaxshi maosh to'lashadimi?
- Vazifasi bor jamoalarda maosh juda yaxshi. Qolgani ham o'rtacha haq to'lashadi. Lekin Superliga bilan solishtirib bo'lmaydi.

- Tailand futboli sizda qanday taaassurot uyg'ota oldi?
- Mamlakatda futbolga katta etibor berilmoqda. Barcha jamoalarda sharoitlar yaxshi. CHempionatning har bir bahsida VAR tizimi ishlamoqda. Stadionlar muxlislar bilan to'ladi. Qiziqish juda yuqori ekanligi meni ajablantirdi.



- Faoliyatingiz davomida Tailand va Indoneziyadan boshqa chempionatlardan ham taklif bo'lganmi?
- To'g'risi, boshka chempionatlarda takliflar bo'lmagan.

- Faoliyatingizni qachon tugatishni rejalashtirmoqdasiz?
- Hozircha xayolim fakat futbol bilan bog'liq. Xudoga shukur o'zimni juda yaxshi his qilmoqdaman. 33 yoshda bo'lsam-da, hali bir necha yillar davomida to'p tepish istagidaman.

- Sizdan yaxshi murabbiy chiqadimi?
- To'g'risi bu haqida o'ylab ko'rganim yo'q. Qachondir faoliyatimni tugatsam, murabbiylikga o'tsam, shunda malum bo'ladi.

- Ko'plab jamoalar sharafini himoya qilgansiz. Qaysi jamoada eng yaxshi mavsumni o'tkazgansiz?
- Qaysi jamoada o'ynagan bo'lsam-da, hammasiga rahmat aytaman. 2011 yil “Nasaf”da o'tkazgan faoliyatim men uchun eng yaxshisi bo'lgan. CHunki o'shanda “ajdarlar” bilan OFK kubogini qo'lga kiritgan va chempionatda 2-o'rinni qo'lga kiritgandik. O'sha mavsum men uchun muvaffaqiyatli tugagan.

- Sizningcha, O'zbekiston chempionatida to'p tepgan eng kuchli uchta legioner sifatida kimlarni ko'rsata olasiz?
- Fikrimcha, Rivaldo Gochguli Gochguliev va Artur Gevorkyan men uchun O'zbekiston chempionatida to'p tepgan eng kuchli legionerlar hisoblanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика