Tahririyatning fikri qanchalik to'g'ri chiqdi? Oliy liganing 1-turiga nazar
15 mar 2015 13:05
Yangiliklar

Tahririyatning fikri qanchalik to'g'ri chiqdi? Oliy liganing 1-turiga nazar
Mana intiqib kutganimiz, oliy liganining birinchi turi ham o'z yakuniga etdi. Yangi chempionat, yangicha ko'rinish olayotgani muxlislarni quvontirmay qolmayapti.
Tur o'yinlari oldidan, o'ziga xos taxminiy prevyuni etiboringizga taqdim etgan edik. Jamoalarning imkoniyatlarini chamalash bilan birga, sababini ham ko'rsatdik. Keling, endi barcha 8ta uchrashuvga birma-bir to'xtalib chiqamiz.
"Paxtakor" (Toshkent) - "Olmaliq" (Olmaliq) 1:1
Gollar: I.Sergeev (88) - Z.Pirimov (35)
O'yindan avval yozilgan fikr:
Bu o'yinda jamoalarning imkoniyati teng deb aytsa bo'ladi. Lekin 5 foizga "Paxtakor" ustun. Bu o'yin shubhasiz turning markaziy o'yini.
Imkoniyatlar: 55/45
Haqiqatdan ham mazkur o'yin teng kurashlarga boy bo'ldi. Kerak bo'lsa, "Olmaliq" tashabbusni qo'lga kiritgan joyi ham bor edi. Faqat jamoaning jismoniy holati so'nggi 15 daqiqada biroz pand berdi. Nomlarga qarasak, "Olmaliq"ning bugungi kundagi zaxirasi, "Paxtakor"nikidan ancha yaxshi. Vetnamga ketgan uch nafar futbolchini qaytishi SHkviringa qo'shimcha kuch bo'ladi.
"Bunyodkor" (Toshkent) - "Buxoro" (Buxoro) 2:0
Gollar: SH.Zuagi (6), M.G'ofurov (45)
O'yindan avval yozilgan fikr:
Bu o'yinda "Bunyodkor" favorit. "Buxoro" tubdan yangilanyapti. Hali buxoroliklar rasmiy o'yinda maydonga tushishmadi. "Bunyodkor" esa allaqachon uchta jiddiy o'yinda ishtirok etishga ulgurdi.
Imkoniyatlar: 60/40
Bu o'yin taxminimizni to'liq oqladi. "Buxoro" o'yin davomida faqat himoyalandi. Bu ko'proq o'yin amaliyotini etishmasligi bilan bog'liq. O'z navbatida jamoaning himoya va o'yinni quruvchi yarim himoyasida muammo kuzatildi. Kerak bo'lmagan bazi o'yinchilar bor...
"Metallurg" (Bekobod) - "Lokomotiv" (Toshkent) 0:0
O'yindan avval yozilgan fikr:
"Lokomotiv"ga ustunlik beramiz. Ammo shunisi borki, agar "Metallurg" istasa o'z maydonida hech kimga ochko bermaydi.
Imkoniyatlar: 45/55
Buni qarangki, "Metallurg" istadi. O'yin oldidan yozgan edik, agar "Metallurg" istasa... Mana natijasini ko'rib turibmiz. Agar "Metallurg" har bir o'yinga, uyda bo'ladimi goh safarda, mana shunday istak bilan tushsa, tarozi pallasini (imkoniyatlar) kerak bo'lsa bekobodliklar tomon og'dira olamiz.
"Nasaf" (Qarshi) - "Andijon" (Andijon) 3:1
Gollar: A.Gevorkyan (21, 45), O.Koblash (54) - R.Azamov (67)
O'yindan avval yozilgan fikr:
Bu o'yinda "Nasaf" maksimal natijaga erishini taxmin qilish qiyin emas.
Imkoniyatlar: 60/40
Afsuski avvalgi maqoladan "Andijon" muxlislari xafa bo'lishdi. Ammo murabbiyni o'zi oliy ligada qolish uchun kurashamiz deganidan keyin, jamoaga aloqasi bo'lmagan saytning fikrida nima ayb? Murabbiy, biz oliy ligada o'z o'rnimiz uchun kurashamiz deyish o'rniga, muxlislar kayfiyatini tushirib yuborganiga nima deysiz? Sababini aytsak biz yomon. "Andijon" muxlislari jo'jani kuzda sanashlari haqida aytib o'tishdi. Kuzni kutib o'tirish kerak emas, mana shu inqirozdan jamoa birinchi davradan keyin to'g'ri xulosa chiqarishi lozim. Balki, balki... Ko'ramiz, kutamiz va kuzatamiz.
"Dinamo" (Samarqand) - "Qo'qon-1912" (Qo'qon)
Gol: O.Mamajonov (15)
O'yindan avval yozilgan fikr:
Garchand "Dinamo" o'z maydonida o'yin o'tkazsa-da, jamoada bugun kuzatilayotgan moliyaviy ahvol g'alabaga to'siqlik qilishi mumkin.
Imkoniyatlar: 55/45
Bu o'yindagi taxmin ham o'zini oqladi. "Dinamo"ning futbolchilar oldidagi qarzi, oxir oqibat jamoaning turnir jadvalidagi asosiy raqibi bilan bo'lib o'tgan o'yinda qimmatga tushdi. Garchand, "Dinamo" o'yin davomida tashabbusga erishgan bo'lsada, Andrey Baklanovning o'z postini mohirona qo'riqlashi "Qo'qon-1912"ga yillar davomida kutilgan g'alabani tortiq etdi. 200 nafarga yaqin ishqibozni Qo'qondan Samarqandga borganini etirof etmay ilojimiz yo'q. Qo'qonliklar ham saytdan hafa, lekin bizni to'g'ri tushuning, biz muxlisga yoqish uchun alday olmaymiz. Mutaxassis o'qib, to'g'ri xulosa chiqarsin deymiz. Bugungi moliyaviy holat va strukturadan kelib chiqsak, "Dinamo"ga mavsum davomida juda ham qiyin bo'ladi.
"Neftchi" (Farg'ona) - "SHo'rtan" (G'uzor) 1:1
Gollar: M.Bobojonov (77) - D.Stanoevich (47)
O'yindan avval yozilgan fikr:
Balki g'alaba qozonmas, ammo o'yini chiqar, bu esa yaxshilikka bo'ladi.
Lekin unutmaylik, "SHo'rtan" Farg'onaga g'alaba uchun ketyapti. Aslida oliy ligaga chiqqan klublar undan tushib ketmaslik uchun kurash olib boradilar. Ammo "SHo'rtan"ning oliy ligadan tushib ketishiga sabablar boshqa bo'ldi.
Imkoniyatlar: 50/50
SHu maqola chiqqanidan keyin farg'onalik o'quvchimiz shunday dedi:
- "Adminlar, Farg'onaga "SHo'rtan" kelyapti, "Nasaf" emas.
Ha, buni biz yaxshi bilar edik. SHuning uchun ham imkoniyatlarni teng baholadik. Agar "Nasaf" kelayotganini bilganimizda, taxminimiz biroz boshqacharoq bo'lgan bo'lardi. Nima uchun "SHo'rtan"ning imkoniyatilariga yuqori baho berdik, yana bir bor takidlab o'taman, bu klub o'zi kutmagan holda oliy ligadan tushib ketdi. U birinchi ligada ham, huddi oliy ligaga bo'lgan munosabatdek faoliyat olib bordi. Bu yil birinchi ligadamiz deb qo'l siltamadi. Mana buning natijasini ko'rib turibsiz. "SHo'rtan" bu yil OCHL yo'llanmasi uchun kurash olib bora olmasada, ammo o'yinchilaridan kelib chiqib ko'pchilikka bosh og'riq bo'ladi. Hayron qolayotgan jihatimiz, nima uchun "Neftchi" Bobojonovni zaxirada ushlab qolaveradi. U yosh bola emas axir...
"Navbahor" (Navbahor) - "Mashal" (Muborak) 0:2
Gollar: V.Ivanov (36), SH.Dostonov (56)
"Mashal" ham chakki emas. O'tgan yil jamoa bejizga beshinchi o'rinni qo'lga kiritmagan.
Imkoniyatlar: 50/50
Bu o'yinda Baxtiyor Ashurmatovni jamoa bilan birga bo'lmaganligi ham o'z so'zini aytdi. "Mashal" esa maydon egalaridan bir kalla ustun bo'lmasada, murabbiyining muhim ko'rsatmalari asosida g'alaba qozonib ketdi. 50-daqiqada Dostonov maydonga tushdi va u 56-daqiqada hisobni 2:0 ko'rinishga olib keldi. Agar oliy liga mana shunday kelishmasdan, totalizator aralashuvinisiz o'taversa, bizga hech qanday Vetnam, Tailand kabi turnirlar kerak bo'lmaydi. Mana endi futbolchilar maydonda kim g'alaba qozonishini bilmaydilar, bu degani ular har bir o'yinga bir xil tayyorgarlik ko'radilar degani. Hullas, Bangladeshdagi turnirdan eson omon o'tib olsak, Ashurmatov bor etiborini oliy ligaga qaratishi kerak. Selekciyani ham rivojlantirishsa chakki bo'lmaydi, olimpiya terma jamoasi 4 yildan beri biz o'rganib qolgan futbolchilardan iborat emas, buning uchun boshqa klublarni ham yaxshilab kuzatish lozim.
"Qizilqum" (Navoiy) - "So'g'diyona" (Jizzax) 4:1
Gollar: B.Vahobov (7, 12, 67), V.SHevchenko (69) - M.Muzaffarov (71)
Ertaga bo'lib o'tadigani o'yinlardan kelib chiqsak, "Qizilqum" g'alaba qozonishi mumkin bo'lgan eng yaxshi o'yinlardan biri mana shu bo'ladi. Sababi raqib o'tgan yilgidan ko'ra ancha kuchsizlandi.
Imkoniyatlar: 60/40
Bu o'yinda ham taxminlarimiz o'zini 100%ga oqladi. Anchadan beri yo'qotib qo'yganimiz, Bahriddin Vahobov bitta emas, uchta gol bilan mavsumdagi dastlabki xet-trikni nishonladi. O'yinda ham "Qizilqum" katta tashaubbusga ega bo'ldi. Buni dastlabki daqiqalarda kiritilgan ikki gol bilan ham izohlash mumkin.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, biz taxliliy maqolalarni futbolni ichidan turib yozamiz. SHunday ekan, o'quvchilardan iltimosimiz, axil bo'laylik. Bekorga birovning asabiga o'ynamasdan, quruq tuhmat bilan qiziqqonlik qilmaylik. Bizga barcha jamoa birday, barchasi oliy liga farzandlari, barchasi terma jamoamiz uchun ishlashi lozim bo'lgan klublar. Hozircha oliy liga yomon boshlanmadi, uni shunday davom ettirish, bizning, sizning va eng avvalo klub rahbarlarining qo'llarida. Yana bir narsani iltimos qilardik. CHet el futbolini ko'p ko'rasiz, hakam o'yindan tashqari holatni qayd etsa jamoasi keyingi hujumni uyushtirishga harakat qiladi, muxlislar esa uni olqishlaydi. Bizdachi? Bizda stadion to'la muxlis hakamni haqoratlaydi. Bir chetdan o'zingizga qarang. Juda xunuk manzara. To'g'ri bu gaplarimizga birontangiz quloq solmassizlar, ammo bari-bir chetdan bir nazar tashlab ko'rishni maslahat beraman. Huddiki shirin choy quyilgan piyolani atrofini yog' bosgandek. Futbolni bezagi muxlis ekan, oliy ligani jozibasini oshirish aynan sizning qo'lingizda ekanligini unutmaslikka chaqiramiz.
Nodirxo'ja Yuldashev va "CA" taxririyati

Fikrlar